yuridik shaxs hisoblangan ekspert xulosasi uning muxri bilan tasdiqlanishi lozim; Ekspert o’z xulosasini kamida uch nusxada tuzib, uning bittasini auditorlik tashkiloti tekshiruv o’tkazayotgan xujalik yurituvchi sub’ektga, ikkinchisini esa auditorlik tashkilotiga taqdim qiladi. Ekspert ishlarining natijalari auditorlik tashkiloti tomonidan quyidagi jixatlari bo’yicha ko’rib chiqilishi lozim:
ekspert xulosasi uchun asos bo’lgan ma’lumotlar;
xulosa tuzishda ekspert tomonidan foydalanilgan taxminlar va usullar, shu jumladan ularning oldingi davrlarda qo’llanilgan taxminlar va usullarga mosligi (agar oldingi davrlarda auditorlik tashkiloti ekspert xizmatidan foydalangan bo’lsa);
o’tkazilgan auditning umumiy natijalari. Agar auditorlik tashkiloti tomonidan ekspert ishlarining natijalarini ko’rib chiqish chog’ida ekspert xulosasi va xo’jalik yurituvchi sub’ekt ma’lumotlari o’rtasida jiddiy nomuvofiqliklar aniqlansa yoki auditorlik tashkiloti ekspert ishlarining natijalarini asossiz deb topsa, auditorlik tashkiloti ekspert xulosasining asosliligini ta’minlovchi qo’shimcha auditorlik amallarini bajarishi yoki boshqa ekspert tayinlashi lozim. Ekspert xulosasi auditorlik tashkilotining ishchi hujjatlari qatoriga qo’shiladi. Agar istisno holatlarda ekspert og’zaki tushuntirishlar bersa, ular ham auditorlik tashkiloti tomonidan ishchi hujjatlarda aks ettirilishi lozim. Qandaydir o’rganilgan xolatlarni baxolashda ekspertning jiddiy ishonchsizliligidan, hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt va ekspert o’rtasida yoki auditorlik tashkiloti va ekspert o’rtasidagi echimi topilmagan kelishmovchiliklar natijasida ekspert xulosasi olish imkoni bo’lmasa, auditorlik tashkiloti salbiy auditorlik xulosasi tuzish to’g’risida bildirishi mumkin.