* mutaxassislarning hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar; * inventarizatsiya natijasida aniqlanib, dalolatnoma va taqqoslash vedomostlari bilan rasmiylashtirilgan, lekin etarli darajada tahlil qilinmagan va tuzatilmagan katta tafovutlar; * katta tafovutlarning tasdiqlanmaganligi va auditor so’rovlariga kutilgan javoblar olinmaganligi; * tekshiruv uchun tanlab olingan, zarur dastlabki hujjatlar yoki tegishli ruxsat etuvchi ko’rsatmalar taqdim qilinmagan xo’jalik muomalalari. Auditor to’plangan dalillar etarliligini baholashda ushbu holatlar aniqlangan bosqichni (rejalashtirish, audit o’tkazish) hisobga olishi kerak. Shuningdek, katta xatolar xatarini dastlabki baholash va batafsil tekshirish rejalari ham e’tiborga olinishi lozim. Agar bunday holatlar rejalashtirish bosqichida aniqlangan va hisobga olingan bo’lsa, unda auditor to’plangan dalillarning etarliligiga va rejalashtirilgan hamda qo’shimcha auditorlik amallarini bajarishning maqsadga muvofiqligiga baho berishi zarur. Auditorlik tekshiruvining asosiy bosqichlarini o’tkazish natijalari audit o’tkazishdan qo’yilgan maqsadga erishilganlik darajasini baholagan holda auditorning ishchi hujjatlarida qaid qilinishi lozim. Masalan, audit o’tkazish dasturining «Debitor va kreditor qarzlarni
tekshirish» bo’limi bo’yicha o’tkazilgan audit natijalarini baholashda quyidagi auditorlik amallarini tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiq: -keyingi pul kirimlari va tegishli schyotlar qoldiqlaridan to’langan to’lovlarga doir dastlabki hujjatlarni tekshirish. Auditorlar odatda buxgalteriya balansi tuzilgandan keyingi to