Audit o’tkazish chog’ida ekspert xizmatidan foydalanish, jumladan auditorlik xulosasida bu to’g’rida ko’rsatib o’tilishi, auditorlik xulosasi uchun auditorlik tashkiloti zimmasidan mas’uliyatni soqit qilmaydi. 9.2. Boshqa auditor ish natijalaridan foydalanish
Boshqa auditor - asosiy auditor tomonidan tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotiga kiritiladigan bo’linmaning moliyaviy axborotini tekshiradigan va mazkur axborotga doir hisobotni tuzganlik uchun javobgar bo’ladigan auditor; asosiy auditor - moliyaviy hisobot boshqa auditor tomonidan tekshirilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning bir yoki undan ortiq bo’linmalari bo’yicha moliyaviy axborotni o’z ichiga olgan hollarda, xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti bo’yicha auditorlik xulosasini tuzganlik uchun javobgar bo’ladigan auditor; bo’linma - faoliyati to’g’risidagi moliyaviy axborot asosiy auditor tomonidan tekshiriladigan moliyaviy hisobotga kiritiladigan bo’lim, filial, shu’ba korxonasi yoki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ekt. Quyidagi omillar ta’siri oqibatida asosiy auditorni tayinlash zarurati tug’iladi:
asosiy auditor tomonidan tekshirilayotgan moliyaviy hisobotga kiritilgan bo’linma moliyaviy axborotining hajmi; asosiy auditorning bo’linma faoliyatiga oid bilim darajasi; xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmalari moliyaviy axborotini jiddiy buzib ko’rsatishlar xatari. Asosiy auditor boshqa auditor ishining natijalaridan foydalanishni rejalashtirayotganda, boshqa auditorning tekshirilayotgan sohadagi kasbiy bilimdonligini