* soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash hamda to’lashning to’g’riligini tekshirish natijalari; * aktivlar (mablag’lar) saqlanishini tekshirish natijalari. Korxonadagi ichki nazoratning ahvolini tekshirish natijalari to’g’risidagi axborotlar quyidagilarni o’z ichiga oladi: * ichki nazorat tizimi xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati tavsifi va miqyoslariga mos kelishini umumiy baholash; * auditorlik tekshiruvi chog’ida aniqlangan, ichki nazorat tizimining xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati tavsifi va miqyoslariga katta mos kelmaslik holatlarini bayon qilish. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotining ahvolini tekshirish natijalari to’g’risidagi axborotlar quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim: * buxgalteriya hisobining yuritilishi va moliyaviy hisobotni tuzishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash; * buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlash tartibini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish jarayonida aniqlangan katta qoidabuzarlik holatlarini bayon qilish. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish chog’ida qonunchilikka rioya qilinishini tekshirish natijalari to’g’risidagi axborotlar quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim: * xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan sodir etilgan moliya-xo’jalik muomalalarining qonunchilikka mos kelishini baholash; * xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan amalga oshirilgan moliya-xo’jalik