muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish jarayonida aniqlangan katta nomuvofiqliklarni bayon qilish. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash hamda to’lashning to’g’riligini tekshirish natijalari to’g’risidagi axborotlar quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim: * soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha tuzilgan va tegishli organlarga taqdim qilingan hisob-kitoblarning to’g’riligini baholash; * soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblashning belgilangan tartibini buzish faktlarini, soliqqa tortiladigan bazani aniqlashdagi xatolarni bayon qilish. Aktivlar saqlanishini tekshirish natijalari aktivlarni inventarizatsiya qilishga asoslanishi va ularning haqiqatda mavjudligi hamda butligi to’g’risidagi axborotlarni o’z ichiga olishi lozim. Auditorlik hisobotining yakuniy qismida aniqlangan xato-kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo’yicha auditorlik tashkilotining tavsiyalari, hamda
xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha maslahatlar va takliflari aks ettiriladi. № 70 -AFMS ga muvofiq auditorlik tashkiloti tuzilgan auditorlik hisoboti uchun qonunchilikka muvofiq javobgar hisoblanadi. Shuningdek, auditorlik hisobotidagi axborotlar maxfiy hisoblanadi va uni oshkor etish mumkin emas. Ushbu axborotlarga aloqador shaxslar axborotlarni oshkor qilganligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi (7 parag. 16-17 bandlar). Auditorlik tekshiruvining natijalari asosida tuzilgan hisobotda korxona moliya-