rahbariga, mulkdorga, katnashchilari (aktsiyadorlari)ning umumiy yig’ilishiga yo’llangan hujjat (18-modda). №70 -«Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risida auditorlik xulosasi» nomli AFMSga muvofiq auditorlik hisobotining tarkibi quyidagicha: a) nomi («Auditorlik hisobot» yoki «Auditorlik tashkilotining hisoboti» degan har ikkala nom bir xil ma’noga ega); b) adresat nomi; v) kirish qismi; g) tahlil qismi; d) yakuniy qism.
Auditorlik hisoboti moliyaviy hisobotni auditorlik tekshiruvidan o’tkazgan auditor(lar) tomonidan betma-bet imzolanishi lozim. Auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga, buyurtmachining barcha zarur rekvizitlari ko’rsatilgan holda jo’natiladi. Auditorlik hisobotining kirish qismida auditorlik tashkilotining rekvizitlari, shu jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning raqami va sanasi, auditorlar va auditorlik tekshiruvida qatnashgan boshqa shaxslar haqida ma’lumotlar, hamda auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun asos va xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining umumiy tavsifi ko’rsatiladi. Auditorlik hisobotining tahliliy qismi auditorlik faoliyati milliy standartiga tayanadi va quyidagilarni o’z ichiga oladi: * xo’jalik yurituvchi sub’ektda ichki nazoratning ahvolini tekshirish natijalari (batafsil bayoni); * buxgalteriya hisoboti va moliyaviy hisobotning ahvolini tekshirish natijalari; * moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish chog’ida qonunchilikka rioya qilinishini tekshirish natijalari;