muomalalarni hujjatlashtirishning to’g’riligini tekshirish; nomoddiy aktivlarni baholashning to’g’riligini tekshirish; inventarizatsiya qilish; hisobot ko’rsatkichlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligini aniqlash); 2. Sintetik hisobni yuritish, nomoddiy aktivlarning kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish (nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirilishi; nomoddiy aktivlar kirimga olinishi va chiqim qilinishiga doir muomalalarni soliqqa tortish masalalari);
3. 4 4 P. Leung, P.Coram, B.J. Cooper, and P Richardson (2011), Modern Auditing and Assurance Services, Wiley, 5th Edition p 156
3. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirish (foydali xizmat muddatini belgilashning asoslanganligi; amortizatsiya hisoblashda qo’llanilgan usullarning qonuniyligi va asoslanganligi; amortizatsiya ajratmalarining hisobda aks ettirilishi). Yuqorida keltirilgan masalalar bo’yicha etarli ma’lumotlarga ega bo’lish auditorga nomoddiy aktivlar hisobining holatini mustaqil baholash va qoidabuzarliklar hamda amaldagi qonunchilik va belgilangan qoidalardan chetga chiqishlarni aniqlashga imkon beradi. Auditor nomoddiy aktivlarni tekshirish chog’ida quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalanadi: * nomoddiy aktivlarni hisobga olishni va ular bilan bog’liq muomalalarni soliqqa tortishni tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatlar; * korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrug’i (farmoyishi) (nomoddiy aktivlar