Aniqlangan moliyaviy natija, agar zarar ko’rilsa - 9220 - schyot kreditidan 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining debetiga, agar foyda olinsa - 9220 - schyot debeti va 9320 - «Boshqa aktivlarning chiqimidan olingan foyda» schyotining kreditida aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning chiqimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish bo’yicha schyotlar bog’lanishining to’g’riligi quyidagi ko’rinishdagi jadval - test yordamida tekshiriladi. Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimini soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq nomoddiy aktivlarning ayrim turlari qo’shimcha qiymat solig’i (QQS)dan ozod etilgan. Auditor bunga alohida e’tibor berishi zarur. № 21 BHMS ga muvofiq nomoddiy aktivlar oldindan pul o’tkazish yo’li bilan sotib olinganida QQS 4410-«Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyotida aks ettiriladi (hisob-kitob hujjatlarida alohida ajratib ko’rsatilganida). Sotib olingan nomoddiy aktivlar bo’yicha QQS summasi quyidagi hollarda byudjetga o’tkaziladi. * sotib olingan nomoddiy aktivlar qiymati mol etkazib beruvchilarga to’langanida; * nomoddiy aktivlar hisobga qabul qilinganida; * nomoddiy aktivlar ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilganida. Agar dastlabki hujjatlarda QQS summasi ajratib ko’rsatilgan bo’lmasa, u holda hisob- kitob hujjatlarida QQS ajratib ko’rsatilmaydi. Nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarilganda dastlabki qiymatiga 0410-0490 schyotlar kredit va 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti debetlanadi. Hisoblangan eskirish summasiga esa 0510-0590 schyotlar debet va 9220 schyot kreditlanadi. Hisobdan chiqarish