buxgalteriya hisobi va hisobotida to’liq aks ettirilishi; * moliyaviy qo’yilmalar hisobga olinadigan sintetik schyotlar qoldig’i va oborotlarining tegishli analitik hisob schyotlari qoldiq va oborotlariga mos kelishi; * schyotlar bo’yicha qoldiq va oborotlarning buxgalteriya hisobi registrlaridan Bosh daftarga va buxgalteriya hisobotlariga to’liq hajmda o’tkazilishi; * moliyaviy qo’yilmalar kirimi va hisobdan o’chirilish faktlarining barchasi buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirilishi; * moliyaviy qo’yilmalar harakatiga doir barcha muomalalarning buxgalteriya hisobida o’z vaqtida ro’yxatdan o’tkazilishi; * mavjudligi -
barcha moliyaviy qo’yilmalar karxona uchun ahamiyatli bo’lib, balans tuzish sanasiga mavjud va kelajakda daromad keltiradi; * moliyaviy qo’yilmalar mavjudligi belgilangan tartibda o’tkazilgan inventarizatsiya va zarur dastlabki hujjatlar bilan tasdiqlangan; * huquq va majburiyatlar -
korxona moliyaviy qo’yilmalar uchun tegishli huquqlarga ega va ushbu huquqlar bilan bog’liq xavf-xatar uchun mas’uldir: * buxgalteriya hisobida aks ettirilgan moliyaviy qo’yilmalar (qimmatli qog’ozlar va berilgan qarzlar) korxonaga qonun asosida tegishlidir;
* buxgalteriya balansida aks ettirilgan qimmatli qog’ozlar korxonaga mulkiy huquq asosida tegishli bo’lib, tegishli huquq talablariga mos shartnomani amalga oshirish natijasida olgan hamda korxona qimmatli qog’ozlar olinganligini tasdiqlovchi barcha zarur