hisobotlariga o’tkazishda ko’rsatkichlarning arifmetik aniqligiga rioya qilingan; * chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qog’ozlarning so’mdagi qiymatini aniqlashda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan va muomala sodir bo’lgan kunda amalda bo’lgan chet el valyutasi kursidan foydalanilgan; buxgalteriya hisobotida haqiqiy ma’lumotlar asosida aniqlangan moliyaviy natijalar aks ettirilganligi; * hisob davrining cheklanganligi -
moliyaviy qo’yilmalarni hisobga qabul qilish va hisobdan chiqarishga doir barcha muomalalar tegishli hisob davrida hisobga olingan; * taqdim qilish va bayon qilish -
barcha moliyaviy qo’yilmalar to’g’ri turkumlangan va buxgalteriya hisobotida mohiyati ochib berilgan: * moliyaviy qo’yilmalar turlari va qaytarish muddatlariga ko’ra turkumlangan; * moliyaviy qo’yilmalarni sotish va qaytarish bilan bog’liq daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda to’g’ri turkumlangan; * moliyaviy qo’yilmalar to’g’risidagi axborotlar buxgalteriya hisobotlariga beriladigan tushuntirishlarda ochib berilgan; Tekshiriladigan masalalar bo’yicha etarli dalillarga ega bo’lish ko’rsatilgan faktlarni mustaqil baholash, yo’l qo’yilgan xato - kamchiliklarni hamda amaldagi me’yoriy hujjatlar va buxgalteriya hisobi qoidalaridan chetga chiqishlarni aniqlashga imkon beradi. Moliyaviy qo’yilmalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish chog’ida hal etiladigan vazifalar.
Auditorning vazifalari Tekshiriladigan masalalar 1. Moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olish va nazorat Korxona aktivlarini moliyaviy qo’yilmalar qatoriga olib