8. Moliyaviy qo’yilmalarni uzoq muddatli va qisqa muddatli ekanligini tasnifini to’g’riligini tekshirish; 9. Hisobotlardagi mavjud axborotlarni oshkor qilinishini tekshirish; 10. Xato va kamchiliklarni taxminiy ro’yxati; 11. Tizimli (sistemali) kamchiliklar to’g’risida ma’lumot; 12. Tanlab tekshirish natijalarini tahlili; 13. Me’yoriy hujjatlar bo’yicha aniqlangan kamchiliklar ro’yxati; 14. Moliyaviy qo’yilmalar auditi bo’yicha xulosa. Korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrug’i bo’yicha auditor quyidagilar bilan tanishishi mumkin: * boshqa korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etishdan olingan daromadlarni oddiy yoki operatsion faoliyatdan olingan daromadlar qatorida tan olish; * moliyaviy qo’yilmalarni aks ettirish uchun foydalaniladigan ishchi schyotlar rejasi; * qo’llaniladigan buxgalteriya hisobi shakli va korxona buxgalteriyasida tuziladigan hisob registrlari ro’yxati; * moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olish bilan bog’liq dastlabki hujjatlarning hujjatlar aylanishi (hujjatlar aylanish grafigi) bilan; *