tovar-transport nakladnoylari, ombor hisobi kartochkalari yoki daftari. Tashkiliy-huquqiy hujjatlar va boshqa ma’lumot manbalariga quyidagilar kiradi: * korxona rahbarining buyrug’i (yoki farmoyishi) direktor kengashi majlisining bayonnomalari, ta’sischilar va boshqa komissiyalar yig’ilish qarorlari. Agar korxona ustav kapitalining miqdorini shakllantirish yoki o’zgartirish chog’ida ulush sifatida materiallar, inventar va xo’jalik ashyolari, tovarlar qo’shilgan bo’lsa, shuningdek agar dividendlar yoki daromadlar moddiy qiymatliklar bilan to’lansa ushbu hujjatlarni o’rganish auditor uchun o’ta muhim ahamiyat kasb etadi; * korxonada o’tkazilgan auditorlik tekshiruvlari o’tgan yillardagi hisobotlari; * tovarlar, materiallar, xom ashyolar va hokazolarni etkazib berish shartnomalari; * moddiy javobgarlik to’g’risidagi shartnomalar. Auditorning korxona xodimlari bilan rahbariyat tarkibidagi, buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimidagi o’zgarishlar to’g’risidagi suhbatlari tekshiruv uchun zarur qo’shimcha axborotlar berishi mumkin. Bunday o’zgarishlarning natijalari ishchi hujjatlarda rasmiylashtirilgan bo’lishi lozim. Tovar-moddiy zahiralar bilan bog’liq muomalalarni tekshirishda foydalaniladigan axborotlar korxonaning buxgalteriya hisobotlari va hisob registrlarida aks ettiriladi. Bulardan «Buxgalteriya balansi» (1-shakl)da - tovar-moddiy zahiralar to’g’risidagi ma’lumotlar balans aktivining II-«Aylanma mablag’lar» bo’limida joylashgan «Ishlab chiqarish zahiralari»moddasi (120 satr) va «tugallanmagan ishlab chiqarish» (130-satr) moddalarining ma’lumotlari tekshiriladi. Tovar-moddiy zahiralarni hisobga olishga doir buxgalteriya registrlari xilma-xil bo’lishi