Matkarimova gulchexra abdusamatovna



Yüklə 256,5 Kb.
səhifə1/12
tarix02.06.2023
ölçüsü256,5 Kb.
#122095
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Matkarimova gulchexra abdusamatovna


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI,


TOSHKENT DAVLAT YURIDIK INSTITUTI


MATKARIMOVA GULCHEXRA ABDUSAMATOVNA


SATTOROV DILSHOD YULDASHEVICH
XALQARO JINOYAT HUQUQI


O‘QUV QO‘LLANMA


ТOSHKENT-2019
O‘quv qo‘llanma Toshkent davlat yuridik institutining O‘quv-uslubiy kengashi majlisining 2006-yil 7-sentabr 2-sonli majlisi bayonnomasi bilan tasdiqlangan va nashrga tavsiya qilingan.


Matkarimova G.A. Sattorov D.Y.
Xalqaro jinoyat huquqi. O‘quv qo‘llanma. Ma'sul muharrir: yuridik fanlar doktori, Umaraxunov I.M. –T.: TDYI nashriyoti, 2009. 59-bet.
Sarlavhada: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, TDYI.
Taqrizchilar: yuridik fanlar nomzodi, Sattarova M.
yuridik fanlar nomzodi, Raximova M.

Xalqaro huquq normalari transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni yuridik jihatdan tartibga solishga qaratilgan yuridik normalar majmuidir. Xalqaro huquqning instituti bo‘lgan xalqaro jinoyat huquqining me'yorlarini ro‘yobga chiqarish mutaxassislardan chuqur kasbiy ko‘nikmalar hamda nazariy bilimlarni talab etadi. Mazkur qo‘llanmada xalqaro jinoyat huquqining tushunchasi o‘ziga xos xususiyatlari, jinoyatchilikning turli ko‘rinishlariga kurash olib borish tartibi atroflicha tahlil qilingan, muallif vositalarni Shunchaki tavsifi bilan chegaralanmasdan, ushbu vositalarni qo‘llash samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zining taklif va tavsiyalarini bergan.


O‘quv qo‘llanma olimlar, sud-huquq sohasidagi mutaxassislar va yuridik instituti talabalari va umuman xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.
© Matkarimova G.A., Sattorov D.Y.
© Toshkent davlat yuridik instituti, 2009-y.
KIRISH

Bugungi kunda kishilik jamiyati XXI asr bo‘sag‘asidan bosib o‘tib, ilm va fan texnika sohasida aql bovar qilmaydigan yutuqlarga erishmoqda. Koinotga oddiy fuqarolarning uchib kelishi, o‘zga sayyoralarda ilmiy-texnik tadqiqotlarni amalga oshirish oddiy bir holga aylanib bormoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarning misli ko‘rilmagan sur'atlarda taraqqiy etishi kurrai zaminimizning turli burchaklaridan bevosita qisqa vaqtda elektron ma'lumotlar bilan ayirboshlash imkoniyatini yaratmoqda. Afsuski, ana shunday insoniyatni kamolot sari olib boruvchi omillar bilan birga, bag‘oyat mudhish, xalqaro tinchlik va xavfsizlik uchun xatarli tahdidlar vujudga kelayotganligi, ushbu tahdidlarni tag-tomiri bilan yo‘q qilishda jahon hamjamiyati ojizlik qilayotganligini e'tirof etish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o‘tgan asr natijalarini sarhisob qilar ekan, "dunyoning ikki marta jahon urushini boshdan kechirgani, butun-butun xalqlar hayotiga xavf soladigan milliy mafkuraviy, diniy asosdagi qarama-qarshiliklarning, hududiy mojarolarning avj olgani, xalqaro terrorchilik, ekstremizm, ekologik xatarlar, giyohvandlik kabi illatlar insoniyat boshiga ulkan musibatlarni olib kelgani ham shu davrning achchiq haqiqatidir"1, deb e'tirof etgani nihoyatda haqqoniydir.


Xalqaro jinoyat huquqi doirasida xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari O‘zbekiston Respublikasi uchun -oyat muhim ahamiyatga egadir. O‘zbekiston o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishning dastlabki damlaridanoq jahon hamjamiyatiga integratsiya qilishda birinchi navbatda xalqaro huquq normalariga tayandi va tayanmoqda. Xalqaro munosabatlarda to‘plagan turli muammolarga shu jumladan xalqaro jinoyatchilikka barham berishda O‘zbekiston eng faol davlatlarga xos siyosatni amalga oshirmoqda Yurtboshimiz I.A.Karimov yozishicha, "Biz sa'i-harakatlarimizni birlashtirib, eng asosiy qoida hozirgi zamon jamiyat taraqqiyotining bebaho boyligi, hatto mintaqada barqarorlikni o‘rnatishning muhim sharti sifatida inson huquqlari va erkinliklariga hurmat va ehtiromni mustahkamlashimiz kerak. Biz siyosiy va iqtisodiy islohotlarni og‘a siljitishimiz, narkobiznes va terrorizmga mintaqaviy va jahon hamkorligi jarayonlari rivojiga xalaqit beradigan barcha illatlarga qarshi kurashishimiz kerak"2.
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro jinoyat huquq normalari doirasida jazo muqarrarligini ta'minlash boraida bir muhim ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston bir qator xalqaro konvensiyalarga qo‘shilgan bo‘lib, ularning talablarini milliy qonunchilikka singdirmoqda. Hozirda O‘zbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurash borasida xalqaro va milliy huquq bilan o‘zaro uyg‘unlashtirilgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida huquqiy mexanizmning poydevori yaratilganligini tan olish lozim. Ammo bu bilan qanoatlanib bo‘lmaydi. Xalqaro jinoyatchilik illatining murakkablashish sur'atlariga monand choralar ko‘rilishi davr taqozosi bo‘lib turibdi.
Magistrantlarga mo‘ljallangan mazkur qo‘llanmada xalqaro jinoyat huquq tushunchasi, xalqaro huquqbuzarliklarning turlari va ularga xalqaro-huquqiy kurash olib borishning o‘ziga xos xususiyatlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyati batafsil o‘rganilgan. Qo‘llanmada yuqorida zikr etilgan masalalarning shunchaki tavsifi bilan chegaralanmasdan, tanqidiy-tahliliy o‘rganib chiqishga harakat qilingan.

Yüklə 256,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin