Matkarimova gulchexra abdusamatovna


Xalqaro huquqbuzarliklar turlari va ularni tasniflash mezonlari



Yüklə 256,5 Kb.
səhifə6/12
tarix02.06.2023
ölçüsü256,5 Kb.
#122095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Matkarimova gulchexra abdusamatovna

Xalqaro huquqbuzarliklar turlari va ularni tasniflash mezonlari

Bugungi kunda xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari o‘ziga tobora ortib borayotgan e'tiborni jalb etib, xalqaro huquqbuzarlikning ayrim turlarining xavflilik darajasi umumjahon tus olgan. Ammo bugungi kunda ham amaliyot ham nazariyada xalqaro uyushgan jinoyatchilikning turlari bo‘yicha yagona qarorga kelingani yo‘q. Giyohvandlik moddalarning noqonuniy aylanishi qaroqchilik, terrorizm, qullarni sotish, pullarni qalbakilashtirish, ayollarni va bolalarni sotish jinoyatlar bilan birga 1927-yilda bo‘lib utgan jinoiy qonunchilikni birxillashtirish buyicha xalqaro anjumanda xalqaro xarakterdagi jinoyat deb e'tirof etildi.1 Bu toifadagi xalqaro qilmishlarning huquqiy xususiyati shuki, ularning xalqaro hamjamiyatiga nisbatan ijtimoiy xavflilik darajasi xalqaro jinoyatlardagiday bo‘lmaydi. Ta'riflarga qaraganda, xalqaro jinoyatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro huquq kommisiyasi davlatlar tomonidan xalqaro hamjamiyatning hayotiy muhim manfaatlarini ta'minlash uchun asosiy ahamiyat kasb etadigan majburiyatlarni buzishni xalqaro-huquqiy qilmish sifatida belgilaydi. Bunday jinoyatlarni sodir etganlik uchun davlat bilan bir qatorda individlar ham javobgarlikka tortiladi.


Xalqaro xarakterdagi jinoyatlar milliy huquqiy tartibotga tajovuz qilishi bilan birga xalqaro hamjamiyatning muhim manfaatlariga ham zarar keltiradi. Ba'zan bu jinoyatlarni konvensiyaviy deb ataladi, chunki davlatlarning xalqaro xarakterdagi jinoyatlarning muayyan turiga qarshi kurashi ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi.1
Mazkur fikrni davom ettirib, A.X.Saidov xalqaro jinoyatlarning xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan jinoyatlardan2 quyidagi farqlarni belgilaydi, ya'ni xalqaro jinoyatlarda sub'ekt sifatida davlat mexanizmidan jinoiy maqsadda foydalanuvchi davlatlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek oddiy ijrochilar tan olinsa, xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan jinoyatlarni esa jismoniy shaxslar sodir etadi. Shuningdek xalqaro jinoyatlarda ob'ekt sifatida xalqaro tinchlik va xavfsizlik, butun insoniyat manfaatlari qaralsa, xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan jinoyatlarning ob'ekti ikki yoki bir necha davlatlar manfaatlarida namoyon bo‘ladi. Javobgarlik jihatidan xalqaro jinoyat hamda xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan jinoyatlardan farqi shuki, xalqaro jinoyatlarda xalqaro huquq sub'ekti sifatida davlatlarning javobgarligi va ijrochining jinoiy javobgarligi mavjud bo‘lsa, xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan jinoyatlarda shaxsiy jinoiy javobgarlik mavjuddir. Nihoyat A.X.Saidov fikricha xalqaro jinoyatning yuridik maqomi xalqaro yoki ikki davlat bo‘lsa, xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan jinoyatlarning yuridik makomi ichki davlat bo‘ladi.3
Ta'kidlash lozim konkret xalqaro qilmishlarni xalqaro jinoyatlar va xalqaro xarakterdagi jinoyat toifalariga tabaqalashtirish g‘oyat mushkuldir. Buning boisi hozirgi zamon ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, iqtisodiy-ijtimoiy muammolar, urbanizatsiya jarayonlari nazariya va amaliyotda xalqaro xarakterdagi jinoyat deb e'tirof etilgan huquqbuzarliklarning xalqaro hamjamiyatiga nisbatan ijtimoiy xavflilik darajasiga tobora o‘sib borishiga xizmat qildi va qilmoqda.
Myullerson R.A. bu borada "Xalqaro xarakterdagi jinoyatlar bu davlatlar o‘zaro hamkorlik tarzida qarshi kurashayotgan umumjinoiy jinoyatlardir(giyohvandlik j moddalarga qarshi kurash, havo qaroqchiligi, pornografik nashriyotlarni tarqatish,pullarni qalbakilashtirish va hokazo). Agarda xalqaro jinoyat bevosita davlat tomonidan sodir etilgan bo‘lsa jismoniy shaxslarning xalqaro-huquqiy javobgarligi ushbu davlatning siyosiy javobgarlik shaklidir; xalqaro jinoyatlar asosan davlatlar emas jismoniy shaxslar tomonidan sodir etiladi. Jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro xarakterdagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun davlat javobgarligi faqat xalqaro xarakterdagi jinoyatlar buyicha uz shartnomaviy majburiyatlarni bajarmaganda yoki ushub jinoyatlarga davlat organlari bevosita ishtirok etganda yuzaga chiqadi " degan fikr bildiradi.1
X.T.Odilqorievning fikricha xalqaro jinoyat deb, insoniyat uchun xavfli bo‘lgan, shaxsni himoyalash, xalqaro hamjamiyatning muhim hayotiy manfaatlari,tinchlikni saqlash uchun asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan, xalqaro huquq norma va printsiplarning buzilishiga aytiladi. Bunda xalqaro jinoyatlarni keltirib chiqaradigan,davlatlarning jinoiy siyosatini amalga tatbiq qiladigan mansabdor shaxslarning qilmishi katta xavf tug‘diradi. Xalqaro siyosiy va moddiy javobgarlikka bunday jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi davlat rahbarlari- oliy mansabdor shaxslar va jinoiy siyosatning boshqa ishtirokchilari ham tortiladilar.2
Xalqaro xarakterdagi jinoyatlar xalqaro jinoyatlar singari xalqaro huquq-tartibotga zarar etkazmasdan va oqibatda barcha yoki ko‘plab davlatlarning manfaatlariga tegishlidir. Ammo ularning butun xalqaro hamjamiyatiga nisbatan bo‘lgan xavfliligi xalqaro jinoyatlarning xarakterlovchi elementi bo‘lmish-xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdididan ancha kamdir.3
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdi ki, xalqaro jinoyatlarning xalqaro tinchlik va xavfsizlikka ziyon etkazishi elementi xalqaro jinoyatlarni ta'riflashda asosiy elementdir. Xalqaro qilmishlar bu turining o‘ziga xosligi aynan xalqaro xavfsizlik va tinchlikka, insoniyatga bo‘lgan tahdidi bilan izohlanadi.
Xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda davlatlar hamkorligini tashkil etishda e'tiborga olinishi lozim bo‘lgan navbatdagi muammo : jinoiy qilmish turlarining o‘zaro integratsiyasidir. Jumladan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi daxldor bo‘lgan jinoiy qilmishlarning boshqa jinoyatlar bilan tobora chirmashib ketganligini zamona voqeligining mudhish realligidir. Darhaqiqat, "Bugun aniq aytish mumkin ki agar diniy ekstremizm va aqidaparastlik shiorlari xalqaro terrorning g‘oyaviy niqobi bo‘lsa, narkobiznes va narkotraffik, hech shubhasiz, xalqaro terrorning moliyaviy tayanchidir."1
Narkotizm o‘ta ketgan ashaddiy jinoiy guruhlar uchun misli ko‘rilmagan daromadlar manbasidir. Narkotiklar savdosidan ko‘rilgan foydani asosli ravishda sanoatning butun bir tarmoqlarining daromadlari bilan qiyoslanib, narkotiklar savdosi dunyoda mahsulotlari sotilishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan industriya deb tan olingani bejiz emas.
Vashingtondagi strategik ma'lumotlar markazi xodimi R.Xadsonning yozishicha, bir yil mobaynida narkotik va psixotrop moddalari noqonuniy savdo-sotiq orqasidan mafiya eng kamida bir trillion dollar foyda oladi. Bu ko‘rsatkich esa AQSH Federal byudjeti miqdoriga teng.2
Narkotik va psixotorp moddalarning noqonuniy aylanishi xalqaro terrorizm, qurol-yarog‘larni etqazib berish, diniy ekstremizm kabi xalqaro huquqbuzarliklar bilan chirmashib ketganligi tabiiy hol, chunki haqiqatdan ham " uyushgan jinoyatchilik foyda olishning ijtimoiy xavfli yo‘llarni tanlaydi: narkotiklar bilan savdo qilish, tovlamachilik, pullarni qalbakilashtirish, narkobiznes va qimorga asoslangan o‘yinlardir".3
Uyushgan jinoiy guruhlarning narkobiznes kabi mablag‘ orttirish singari daromad manbasi mavjudligi xalqaro va milliy xavfsizlikka muntazam ravishda o‘sib borayotgan tahdiddir. Bundan Afg‘onistonda bo‘lib utgan hayajonli voqealar yaqqol dalolat beradi. Vaholanki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 1996-yildayoq "Hozir Afg‘onistonda qurol-yarog‘lar shu qadar to‘planganki, hisoblansa, jahondagi boshqa biron mamlakatda (jon boshiga) buncha qurol yo‘q Ammo bu hech kimni tashvishga solmayapti. Qurol-yarog‘lar va narkotik moddalar chegara orqali Markaziy Osiyo Respublikalariga o‘tmoqda, ammo na Birlashgan Millatlar Tashkiloti, na boshqa xalqaro tashkilotlar bu chegarani hech qanday nazorat ostiga olmagan.Afg‘onistonda, Pokistonda, Eronda bizning mintaqamizda qo‘poruvchilik faoliyati olib borish uchun terrorchilar guruhlari tayyorlanmoqda" deb, xalqaro hamjamiyatning diqqat-e'tiborini bu muammolarga qaratishga uringan edi.1
Yurtboshimiz xalqaro hamjamiyatining Markaziy Osiyoda xavfsizlikni va tinchlikni ta'minlash, qurol-yarog‘larni etkazib berilishini cheklash, narkotik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga barham berish borasida chora-tadbirlarni aynan Afg‘oniston muammosini hal etishiga yo‘naltirilishi lozimligiga davlat rahbarlari uchrashuvlarida, nufuzli xalqaro tashkilotlarda qayta-qayta da'vat qilgan edi. Chunonchi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqida "Afg‘oniston hozirgi paytda xalqaro terrorchilik va ekstremizmning poligoni hamda tayanch bazasiga, milliardlab daromad keltirayotgan va xalqaro terrorchilikni oziqlantirayotgan dunyo narkotik ishlab chiqarishning asosiy manbai-fabrikasiga aylangan.
Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlar, birinchi navbatda, Markaziy Osiyo davlatlari yuzlab tonna opiumni va geroinni asosan Evropa va Shimoliy Amerika mamlakatlariga olib chiqish uchun qisqa va qulay yo‘llarga va koridorlarga aylanmoqda
Shu birgina misolda zamonamiz voqeligining ikki mudhish hodisasi-xalqaro va narkobiznes o‘zaro chirmashib borayotganini ko‘rishimiz mumkin" deb ta'kidlagan edi.2
Afg‘onistonda "Tolibon" diniy radikal harakati panohida o‘z jinoiy rejalarini oshirib borgan "Al-qoida" terroristik tashkilotining nomi har bir sog‘lom fikrli inson uchun vahshiy va mash'um ma'no kasb etadi. 2001-yil 11-sentyabr kun ushbu terroristik tashkiloti a'zolari tomonidan uyushtirilgan g‘ayriinsoniy terroristik aktlar terrorizmning hozirgi kundagi ijtimoiy xavfliligini namoyon qildi.
Ma'lumotlarga qaraganda "Al-qoida" tashkilotining jinoiy nigohi O‘zbekistonga ham tushgan. 1997-yilning iyul oyida "O‘zbekiston Islom xarakati" terroristik tashkiloti Turkiya davlatida yashiringan S.Madaminov tomonidan boshqarilgan dinoiy guruh bilan birlashib, xalqaro terroristik tashkilot sifatida O‘zbekiston Respublikasining demokratik saylov asosida tashkil topgan qnuniy hukumatini ochiqdan-ochiq kuch ishlatib, ya'ni " jixod" yo‘li bilan egallash maqsadida birinchi raqamli terrorchi Usoma bin Laden boshqargan "Al-qoida" va boshqa terrorchilik tashkilotlari moddiy kumagiga tayangan holda jinoiy faoliyatini oshirib bir necha o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan. Tahlilga ko‘ra bu jinoiy uyushma ishtirokchilari 1992-2001-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasining turli mintaqalarda va Turkmanistonda jami qirqqa yaqin jinoyatlarni sodir etib 71 nafar begunoh insonlarni o‘ldirganlar, 212 shaxslarga turli darajada tan jarohatlari etqazganlar. Ularning qilmishlari natijasida jami 706.150.023 sum miqdorida moddiy zarar etqazilgan, ma'naviy esa san-sanoqsiz.1
Mazkur fojialarning ruy berishi sababi nafaqat terrorizmga balki Afg‘onistonda o‘sha vaqtda tobora avjiga chiqqan narkotik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi samarali chora-tadbirlar ko‘rilmaganidir.
Yuqorida belgilanganidek uyushgan jinoyatchilikning moddiy manbalarni orttirishning xususiyati shuki, ular bu borada aksariyat xollarda qonunga xilof usullardan foydalanadi. Narkobiznes aynan shunday usul bo‘lib, uning qo‘llanilishi giyoxvandlik va psixotrop moddalarga bo‘lgan talab va ularning savdosidan ko‘rilayotgan foyda bilan izohlanadi. Chunonchi "Krek" nomli kokain asosida ishlab chiqariladigan narkotik modddasini ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlar 300%, geroindan 100%, metamfetamin nomidagi narkotikdan 70% foyda keltirar ekan.2
Narkomafiya ko‘radigan daromadlarning noqonuniy kelib chiqishi legallashtirish zaruriyatini vujudga keltirib, "pullarni yuvish" jinoyatining sodir etilishiga sababchi bo‘ladi. "Pullarni yuvish" atamasi birinchi bor Amerika Qo‘shma Shtatlarida 80 yillarning boshlarida narkotiklar bilan savdo qilish hamda undan ko‘rilgan foyda shiddat bilan o‘sganligi munosabati bilan tilga olinib, nolegal usullar bilan topilgan pullarni legallashtirish ma'nosini anglatadi.2
Ma'lumotlarga qaraganda faqatgina Amerika Qo‘shma Shtatlarida bir yilda 200 milliard dollar qiymatidagi kapitallar "yuviladi". Dunyo miqyosida bu son 100 milliarddan 500 milliardgacha AQSH dollarini tashkil etadi. Amerika Qo‘shma Shtatlari Senati huzuridagi narkotik va terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasining ma'lumotlariga asosan dunyoda xar yili 320 dan 500 gacha milliard dollar "yuviladi".3
Yuqoridan ko‘rinib turib ki giyohvandlik vositalarini va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga oid huquqbuzarliklarni xalqaro xarakterdagi huquqbuzarlik emas , balki xalqaro jinoyat deb e'tirof etish o‘rinlidir. Bundan yana bir maqsad narkotik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanish jinoyatida davlatlarni xalqaro jinoyat sub'ekti sifatida xalqaro-huquqiy javobgarlikka tortishdir.
Aynan xalqaro jinoyatlar davlat organlari tomonidan sodir etilsa xalqaro huquq nuqtai nazaridan bu jinoiy xatti-harakat davlat o‘zining xatti- harakatidir. Shu bois aytish mumkinki, bunday jinoyatlarda bir xil jinoyat tarkibini sodir etib, davlat buning oqibatida kelib chiqadigan xalqaro javobgarlik sub'ekti bo‘ladi.
Agarda jinoiy aktlar jismoniy shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa va davlat tomonidan bunday aktlarning oldini olish yoki unga barham berish bo‘yicha choralar ko‘rilmasa- bu boshqa holat. Va albatta, uning xalqaro majburiyatlarini buzgan aktlari uchun davlat xalqaro-huquqiy javobgarlikka tortiladi, ammo davlat bu holatda ham tegishli jinoyat tarkibini sodir etmaydi. Mazkur holatda ushbu jinoyatlar uchun sub'ekti jismoniy shaxslar bo‘lib ular bilan birga xalqaro-huquqiy javobgarlikka davlat ham tortilishi mumkin.1
Xalqaro jinoyatlarning xalqaro hamjamiyatga nisbatan o‘ta ijtimoiy xavfliligini munosabati bilan huquqbuzar davlatga nisbatan nafaqat jabrlanuvchi davlat, balki xalqaro hamjamiyatning har bir a'zosi ya'ni davlatlar va xalqaro tashkilotlar e'tirozlarni bildirishga haqlidir.2 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro Sudi 1970-yil 6-fevral kunidagi o‘z qarorida "orga omnes" tarzdagi, ijro etilishida butun xalqaro hamjamiyat manfaatdor bo‘lgan majburiyatlar mavjudligini tan oldi. Bu majburiyatlarga birinchi navbatda xalqaro xavfsizlik va tinchlikni ta'minlashga qaratilgan majburiyatlar oiddir.3
Ta'kidlash lozimki trasmilliy jinoiy faoliyatni amalga oshirish uchun jismoniy shaxslar aksariyat xollarda birlashib, jinoiy uyushma sifatida faoliyat ko‘rsatadilar. Til biriktirishning bu o‘ta xavfli shakli doimo mavjud bo‘lib kelgan. Misol tariqasida SSSR miqyosida saksoningchi yillarning oxirlarida bir yilga yaqin muddat davomida olib borilgan operatsiya natijasida 10.000 yaqin aynan narkotiklarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh aniqlangan.Ulardan 20 tonnadan ortiqroq narkotik va psixotrop moddalar tortib olinib, yo‘q qilib tashlangan. 400 gektarga yaqin maydondagi ko‘knori esa o‘rib olinib, yoqib yuborilgan.1
Hozirgi kunda ham narkotik va transmilliy miqyosda jinoiy faoliyat olib borayotgan uyushmalarning soni muttasil tarzda oshib bormoqda. Ular giyohvandlik moddalarning muomalasi ro‘y berayotgan mintaqalarni o‘zaro bo‘lib olib, ularning faoliyati aniq ishlab chiqilgan elementlardan tashkil topgan tizimda namoyon bo‘ladi. Xususan o‘z tarkibida giyohvandlik moddalarni qamrab olgan o‘simliklarni ekish va parvarishlash, o‘simliklardan giyohvandlik moddalarni ishlab chiqish,tayyor moddalarni ulgurji tarzda sotib olib, dunyoning turli nuqtasiga etkazganidan keyin sotishdir. Trasmilliy uyushgan jinoiy faoliyatga ixtisoslashgan uyushmalarning "salohiyati" g‘oyat keng va xavflidir.2
Mazkur jinoiy uyushmalarning mol-mulki san-sanoqsiz bo‘lib, ular o‘z faoliyatini oshirish uchun barcha zamonaviy asbob-uskunalarga, samolyotlarga, moliyaviy mablag‘larga egalar. Kriminologik jihatdan narkotizmga ixtisoslashgan xalqaro ko‘lamdagi jinoiy uyushmalar quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi:
- yuqori darajada tashkillashtirilganligi, uning ishtirokchilari vazifalari aniq va qat'iy taqsimlanganligi;
- belgilab qo‘yilgan ierarxiyaga asosan buysunuvchanlik;
- obru hamda kuch bilan ta'minlanadigan ichki intizom;
- pinhona faoliyatining yuqori darajada tashkil etilganligi;
- jinoiy uyushmaning bo‘lingan guruhlari bilan yaqindan-yaqin aloqadorligi;
- turli davlatlarda jinoiy uyushmaning shu'balari mavjudligi va faoliyat ko‘rsatishi;
- boshqa jinoiy tusdagi (pullarni qalbakilashtirish, kontrabanda, odam o‘ldirish kabi jinoyatlarni sodir etish bilan shug‘ullanuvchilar va hokazo) bilan o‘zaro aloqadorligi va hamkorligi;
- jinoiy guruh a'zolari turli millatlarga mansub bo‘lishi;
-xohlagan maqsadga erishish uchun zo‘rlikdan foydalanishidir.3
Uyushgan jinoiy faoliyatdan foyda olishga ixtisoslashgan mazkur jinoiy to‘dalarga xalqaro miqyosda zarba berish dolzarb vazifasidir. Bunda jinoiy uyushmalarni javobgarlikka tortish borasidagi xalqaro-huquqiy mexanizmni shakllantirish taqozo etiladi. Transnatsional uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyaning 10-moddasiga asosan har bir ishtirokchi davlat o‘zining huquqiy tamoyillarini hisobga olib, uyushgan jinoiy guruhlarga daxldor yuridik shaxslarning javobgarligi nazarda tutmog‘i darkor.1
Bu borada ushbu Konvensiyaga qo‘shilmagan har bir davlat qo‘shilish tadbirlarini ko‘rib, o‘z qonunchiligida Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga daxldor yuridik shaxslarni javobgarlikka tortishning milliy-huquqiy asoslarini yaratishi shartdir.



Yüklə 256,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin