Xalqaro xarakterdagi jinoyatlarga qarshi kurash sohasida davlatlar hamkorligi
Xalqaro xarakterdagi jinoyatlar xalqaro huquqbuzarlikning bir turi bo‘lib, ularning xalqaro jinoyatlardan farqi, ikki va undan ortiq davlatlar manfaatlariga zid kelishidir. Ularga qarshi kurash borasidagi davlatlar hamkorligini tashkil etish o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, aksariyat holatlarda tegishli konvensiyalar asosida amalga oshiriladi. Ularni xalqaro-huquqiy asosda ta'riflashda ham konvensiyaviy mexanizmdan foydalaniladi. Misol sifatida Noqonuniy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash borasida tuzilgan dastlabki xalqaro-huquqiy xujjat1 -Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash to‘g‘risidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1988 yilgi Konvensiyasi hisoblanadi.2
Ushbu Konvensiyada giyohvand vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi natijasida ko‘rilgan daromadlarni legallashtirish holatlari "jinoyat" deb e'tirof etildi va unga ta'rif berildi.
Jumladan mazkur Konvensiyaning 3-moddasiga binoan qo‘iydagi xatti-harakatlar jazolanadigan jinoyat deb e'tirof etilishi lozim edi:
"...v) (i) ushbu bandning "a" qismida huquqbuzarliklar deb e'tirof etilgan xatti-harakatlarni sodir etish natijasida yoxud ularda ishtirok etish natijasida orttirilgan mulkning noqonuniy manbaini yashirish yoki ushbu huquqbuzarlik yoki huquqbuzarliklarni sodir etishga qatnashgan shaxsga yordam berish maqsadida javobgarlikdan qochish imkoniyatini yaratib berish maqsadini ko‘zlab, shunday mulkni o‘tqazish yoki konversiya;
(ii) ma'lum mulk ushbu bandning "a" qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik yoki huquqbuzarliklarni sodir etish yoxud ularda ishtirok etish natijasida orttirilganligi ayon bilan holda ushbu mulkka oid huquqlarga, asl tavsifiga, manbasiga, joylashishiga, o‘tqazilishiga, tegishliligiga oid axborotlarni yashirish
s) davlatlar huquqiy tizimining asosiy tamoyillarini hamda konstitutsiyaviy talabalarni hisobga olib:
mazkur bandning "a" qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik yoki huquqbuzarliklarni sodir etish natijasida mulkning orttirilganligi ayon bo‘lgan holatda ushbu mulkdan foydalanish,egalik qilish yoki sotib olish;
(iv) huquqbuzarlikni yoki huquqbuzarliklarni sodir etish maqsadida til biriktirish jarayonida ishtirok etish,unga daxldor bo‘lish yoxud unda qatnashish, huquqbuzarlik yoki huquqbuzarliklar sodir etilishiga suiqasd qilish, shuningdek ko‘mak berish, dalollik qilish, ularni sodir etish bo‘yicha maslahat berishdir."
Ushbu Konvensiyaning 5-moddasi 1-bandi bo‘yicha "Har bir tomon:
a) 3-moddasining 1-bandiga binoan huquqbuzarlik deb e'tirof etilgan qilmishlarni sodir etish natijasida ko‘rilgan daromadlarni yoxud ushbu daromadlar qiymatiga mos mulkni musodara qilish bo‘yicha zarur chora tadbirlarni ko‘radi"
Noqonuniy daromadlarga, jumladan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanishi natijasida ko‘rilgan daromadlarni legallashtirish xalqaro xususiyat kasb etar ekan, bunda davlatlarning o‘zaro huquqiy yordamini mukammal yo‘lga qo‘yish g‘oyat muhimdir.
Konvensiyaga binoan "So‘rov qilayotgan Tomon yoki mustaqil so‘rayotgan Tomon chiqarilgan qarorga binoan musodara qilinishi lozim bo‘lgan daromadlarni, vosita va ashyolarni, ushbular joylashgan davlat ularni musodara qilishi uchun huquqiy yordam ko‘rsatish chog‘ida jinoiy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlarni aniqlaydi va ularga nisbatan "arest" chorasini ko‘rishi shartdir." (Konvensiyaning 5-moddasi 4-bandi "a", "b" kismlari).
Har bir huquqiy hujjatning xalqaro munosabatlarda hamkorlikni o‘rnatishda yutuqli jihati shuki, u o‘z yo‘nalishida a'zo-davlatlarning milliy qonunchiligida yagona yondashuvlarni shakllantirib, xalqaro maydondagi ma'lum muammoli hodisaga nisbatan yalpi siyosat olib borilishini ta'minlaydi. Shu jumladan ham giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyada ham xalqaro hamkorlik me'yorlari berib o‘tilishi bilan birga, bir xil ma'noni anglatishi lozim bo‘lgan atamalarning ta'riflanishi davlatlarning milliy qonunchiligini birhillashtirish maqsadini ko‘zlagan choradir.
Ushbu Konvensiyada noqonuniy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash borasida ham bir necha atamalar berib o‘tilib, jumladan ushbu hujjatning 1-moddasiga binoan:
"...r) "Daromadlar" 3-moddaning 1-bandiga binoan huquqbuzarlik deb e'tirof etilgan qilmishning sodir etilishi natijasida bevosita yoki bilvosita orttirilgan har qanday mulk;
q) "mulk" his etish mumkin yoki mumkin bo‘lmagan, ko‘chadigan yoki ko‘chmas moddiy yoki nomoddiy xarakterdagi har qanday aktivlar, shuningdek ularda ishtirok etish yoxud ularga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi yuridik xujjatlar;
e) "xarakatdan to‘xtatish" yoki "arest qilish"- vakolatli organ yoxud sud tomonidan chiqarilgan qarorga binoan mulkning olib o‘tilishini, konversiyasini joylashtirilishini, o‘tqazilishini vaqtinchalik to‘xtatish yoki vaqtinchalik arest yoyinki mulkiy nazorat ostiga olish;
f) "musodara qilish"- sud yoki boshqa vakolatli organnning qaroriga binoan tegishli holatlarda mulkni olib qo‘yish, undan butunlay mahrum qilishni o‘z ichiga oladi".
Chunonchi, 1990 yil 8 noyabr kuni imzolash uchun ochiq deb e'lon qilingan "Noqonuniy faoliyat natijasida ko‘rilgan daromadlarni musodara qilish, olib qo‘yish, aniqlash hamda oshkoralashtirish to‘g‘risida"gi Evropa Konvensiyasining 6-moddasida belgilanishicha "qo‘yidagilar, noqonuniy daromadlarni yuvish ma'nosini anglatadi:1
a) konversiya yoki muyyaan moddiy qimmatliklarning jinoyat natijasida orttirilganligi ayon bo‘lgan holatda ushbu moddiy qimmatliklarning noqonuniy kelib chiqishini yashirish yoki asosiy huquqbuzarliklarni sodir etishga dahldor shaxsga o‘zining xatti-harakatlari uchun yuridik oqibatlardan holi bo‘lish sharoitini yaratib berish maqsadida muayyan shaxs(lar) tomonidan moddiy qimmatliklarning o‘tqazilishi;
b) moddiy qimmatliklarning jinoyat sodir etilish natijasida orttirilganligi ayon bo‘lgan holatda huquqbuzar tomonidan moddiy qimmatliklarning asl tegishliligini, harakatlanishini, kelib chiqishini yashirish yoxud bunga oid axborotlarni noaniq berish;
v) moddiy qimmatliklarning jinoiy yo‘llar bilan orttirilganligi ayon bo‘lgan holatda moddiy qimmatliklarning sotib olishi, egalik qilish yoxud ulardan foydalanishdir."
Mazkur Konvensiya giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash to‘g‘risidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1988-yilgi Konvensiyasi a'nanalarini davom ettirib, o‘zaro huquqiy yordamga oid masalalar (7,9,12,18-moddalar), musodara qilish choralarini ta'minlashga oid masalalar ( 11-17-moddalar), bank sirini ro‘kach qilib, huquqiy yordam ko‘rsatishni rad qilish mumkin emasligi haqidagi talablarni (4,18-moddalar) mustahkamladi.
Yoki misol uchun Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash to‘g‘risidagi 1988 yilgi Konvensiyasining taraqqiy ahamiyati shuki, unda narkotiklarning noqonuniy muomalasiga oid bir necha jinoiy tarkiblar mustahkamladi jumladan:
1. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tayyorlash uchun mo‘ljallangan jihozlar uskunalar, ashyolar, va vositalarni tayyorlash, ko‘chirib o‘tqazish yoki tarqatish, narkojinoyatlikni tashkil etish, rahbarlik qilish yoki moliyaviy ko‘mak berish;
2. Mazkur Konvensiyada nazarda tutilgan qonunchilikni buzish asosida ko‘lga kiritgan xususiy mulkni birovga o‘tqazish urinish yoki shunday tarzda qonunbuzarlik sodir etgan shaxsga javobgarlikdan qochishi uchun sharoit yaratib berish;
3. Narkojinoyatlikda ishtirok etgani oqibatida qo‘lga kiritilgan mulkning asli manbaini yashirish;
4. Xususiy mulkni olish,unga egalik qilish,agar uni tasarrufiga olgan chog‘ida bu mulk narkojinoyatchilik oqibatida yoki shunday ishga aralashishi oqibatida ko‘lga kiritilganligi ma'lum bo‘lsa;
5. Narkojinoyatga yoki giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni noqonuniy qo‘lga kiritishga oshkora undash yoinki shunday ishga rag‘bat o‘yg‘otish;
6. Narkojinoyat sodir etish uchun til biriktirish, bu ishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etish, shunday qonunbuzarlikni amalga oshirishga maslahat berish, narkojinoyatni sodir etishga urinish.
Bugungi kunda xalqaro xarakterdagi jinoyatlarga ta'rif berishdagi umumiy muammo xalqaro terrorizm tushunchasi hanuz ishlab chiqilmaganligidir. A.N. Trayninning e'tirof etishicha: "aynan ushbu jinoyat tarkibi ya'ni terrorizm, rivojlangan davlatlarda jinoiy qonunchilik sohasida birhillashtirish jarayonlariga doir avjiga chiqayotgan faollikning markaziy muammosidir".1 Terrorizm mohiyati shu qadar murakkabki, xalqaro hamjamiyat tomonidan terrorizmning yagona ta'rifini xalqaro-huquqiy mustahkamlab qo‘yishning iloji bo‘lmayapti. Davlatlar o‘rtasida mazkur masala bo‘yicha o‘zgacha yondashishi, shuningdek xalqaro terrorizm tom ma'nodagi umumbashariy ahamiyatdagi muammo ekanligini shunchaki bayonot tarzida e'tirof etib, amalda esa zarur choralar ko‘rimasligining oqibatida, xalqaro terrorchilikka qarshi kurashning tizimlashtirilmaganligi va tarqoq tarzda olib borilishiga olib keldi. Darhaqiqat, "terrorizmning davlatlararo darajadagi umumiy yagona ta'rifini ishlab chiqish bir qator sub'ektiv va ob'ektiv omillar bilan bog‘liq masaladir. Ob'ektiv omillarga aksariyat davlatlar tomonidan milliy xavfsizlikning turlicha tushunilishi, terrorizm va uning turlari haqidagi tassavurlarida tafovutlarning mavjudligi kirsa, sub'ektiv omillarni ba'zi davlatlar tomonidan terrorizm va uning yashirin aloqalarga batamoman to‘siq bo‘luvchi qat'iy choralardan foydalanishni xohlamaslik tashkil qiladi".1
Xalqaro xarakterdagi jinoyatlarga qarshi kurashda davlatlar hamkorligini tashkil etish borasidagi muhim xususiyat, mazkur kurashni muvofiqlashtirib boradigan maxsus organning mavjudligidir. Misol uchun hozirgi kunga kelib, Birlashgan Millatlar tashkiloti doirasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash borasida bir qator universal hujjatlar qabul qilinib, quyidagi tuzilmalardan tashkil topgan institutsional tizim faoliyatini ko‘rsatmoqda.
1. Narkotik vositalar bo‘yicha komissiya
2. Narkotik vositalar ustidan nazorat o‘rnatish xalqaro komiteti
3. Narkotik vositalar ustidan xalqaro nazorat o‘rnatish yuzasidan BMT dasturidir.
Narkotik vositalar bo‘yicha komissiyadir.2
Komissiyaning quyidagi vazifalari mavjud:
1) giyohvandlik moddalarga tegishli xalqaro huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishini kuzatadi, jahonda giyohvandlik vositalari ustidan nazorat ahvolini tahlil qilishda iqtisodiy va ijtimoiy kengashga ko‘maklashish; xalqaro nazoratni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar beradi;
2) giyohvandlikka oid ilmiy izlanishlarni rag‘batlantiradi va davlatlar o‘rtasida tegishli ma'lumotlarni ayirboshlashni tashkil etadi;
3) Millatlar Ligasi maslahat komitetining vorisi sifatida oliy va boshqa xavfli narkotiklarni tranzit olib o‘tish xavfsizligini kuzatadi;
4) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash borasida xalqaro-huquqiy hujjatlar loyihasini tuzadi;
5) giyohvandlik vositalari usulidan xalqaro mexanizmga zarur har qanday o‘zgarishni ko‘rib chiqadi;
6) BMT doirasidagi narkotiklarni nazorat qilish dasturi strategiyasini belgilab berib, uning faoliyatini nazorat qiladi.
7) Iqtisodiy va ijtimoiy kengashning qarorlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Komissiya faoliyatida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari noqonuniy aylanishiga qarshi kurashga oid xalqaro-huquqiy hujjatlarni joriy etish, shuningdek ilmiy tadqiqot dasturlarni hamda ma'lumotlarni ayirboshlash borasida tavsiyalar muhim rol o‘ynaydi. Mazkur tavsiyalar giyohvandlik va psixotrop moddalarni o‘z tarkibida qamrab olgan o‘simliklarni etishtirilishi mustahkam tus olgan mamlakatlarga yuqoridagi o‘simliklar etishtiriladigan maydonlarni topadigan ilg‘or razvedka texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini yaratib berish hamda ushbu mamlakatlarda dehqonlar amaldagi qonunlarga xilof bo‘lmagan qishloq xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoit yaratib berish; giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy ishlab chiqarilishi hamda tarqatilishiga qarshi kurash choralarini dunyoda odil xalqaro tartibotni qaror toptirish maqsadida "uchinchi dunyo" davlatlariga milliy iqtisodni barqarorlashtirishga, yordam berish qishloq xo‘jaligini hamda sanoatning odatdagi eksport tarmoqlarini rivojlantirish, giyohvandlikni davolash va oldini olishga qaratilgan dasturlarga birinchi navbatda e'tibor berish mazmunidagi tavsiyalardir.
Bugungi kunda xalqaro xarakterdagi jinoyatlarga qarshi kurashda davlatlar hamkorligi shakllarini takomillashtirishda birinchi navbatda o‘zaro uyg‘un faoliyatini yo‘lga qo‘yish lozim. Ana shundan tajribadan biri - terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasining faoliyatidir. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Istambul sammitida so‘zlagan nutqida (1999-yil 18-noyabr) quyidagi takliflarni bildirgan edi: "Xalqaro terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish masalasini keskin qo‘yish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Marazning asosiy vazifasi terrorizm ko‘rinishlari bilangina emas, eng avvalo, xalqaro terrorizmni mablag‘ bilan taxminlayotgan qo‘llab-quvvatlanayotgan, qurol-yarog‘ bilan ta'minlab, joylarga jo‘natayotgan manbalarga qarshi kurash bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning so‘zsiz bajarilishi bo‘yicha faoliyatlarni muvofiqlashtirishdan iborat bo‘lishi lozim".1 Yurtboshimizning mazkur taklifiga binoan, BMT Xavfsizlik Kengashi doirasida terrorizmga qarshi kurash Markazi ta'sis etilib, uning faoliyatin nafaqat terrorizmning o‘ziga balki uning yo‘ldoshi bo‘lgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga, noqonuniy daromadlarni legallashtirishga, yollanish jinoyatiga qarshi kurashga qaratildi.1
Dostları ilə paylaş: |