Jinoyatchilikka qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorligi
Mustaqillik sharofati o‘laroq, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning universal sub'ektiga aylandi. Bu esa, o‘z navbatida, davlatimizga xalqaro munosabatlarda o‘zining qonuniy huquqlarini erkin amalga oshirish, boshqa davlatlar bilan teng huquqlik, o‘z hududi ustidan va ushbu hududda mavjud bo‘lgan shaxslar ustidan (xalqaro huquqda tan olingan immunitetlar bundan mustasno) kabi huquqlarga ega bo‘lishi bilan birga, xalqaro hamjamiyati oldida inson huquqlarini hurmat qilish, xalqaro munosabatlarda xalqaro huquqning printsiplariga rioya qilish, xalqaro hamjamiyatiga nisbatan xavf tug‘dirmaydigan sharoitlarni yaratish singari majburiyatlarni yuklaydi.2
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil suveren davlat ekan, uning hududida davlat hokimiyati ustuvor bo‘lib, Respublikamiz o‘z tashqi siyosatini o‘zi belgilaydi.
Davlatimiz tashqi siyosatni yuritishda quyidagi asosiy ustuvorliklardan kelib chiqadi:
- o‘z milliy davlat manfaatlari ustuvorligida o‘zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish;
- inson va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda umuminsoniy qadriyatlarga ustuvorlik berib, O‘zbekiston xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, mojarolarni tinch yo‘llari bilan hal qilishni yoqlaydi;
- O‘zbekiston tashqi siyosati teng huquqlik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga, ichki ishlariga aralashmaslik, mustaqil va suverenitetni cheklash mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni bartaraf qiladigan tamoyillarga davlatlararo munosabatlarni mafkuradan holi qilish tamoyili asosida quriladi;
- O‘zbekiston davlati ichki huquq oldida xalqaro huquq me'yorlarning ustuvorligini tan oladi, xalqaro-huquqiy standartlarga rioya qiladi;
- O‘zbekiston o‘zaro ishonch tamoyili bo‘yicha ikki tomonlama tashqi aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni rivojlantirishni yoqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi xalqaro munosabatlarga ishtirok etish, jahon hamjamiyatiga integratsiya qilish imkoniyatini berdi. Uzoq yillar davomida sobiq sho‘rolar girdobi ostida ostidagi mamlakatimiz hom-ashyo etkazib beruvchi birlik sifatida baholanib, o‘zga davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish imkoniyatidan mahrum edi. Bugungi kunda mustaqillik sharofati bilan xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi ro‘yobga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi dunyo hamjamiyatiga o‘z boru-mavqeini mustahkamlash sari intilib bormoqda Istiqlol yillarining tarixan qisqa, ammo g‘oyatda sermazmun yillari davomida yurtimizda ulkan g‘alabalar ko‘lga kiritildi Hozir O‘zbekiston dunyodagi 120 ziyod davlat rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatgan, 165 davlat O‘zbekistonni tan olgan, Toshkentda 35 mamlakatning rasmiy diplomati elchixonalari faoliyat ko‘rsatib turibdi. shuningdek, O‘zbekiston to‘la huquqli asosda eng obro‘li va nufuzli xalqaro tashkilotlar tarkibiga kirgan bo‘lib, barcha qit'alardagi o‘nlab mamlakatlar bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirib bormoqda. Eng yirik bank va moliya organlari, nodavlat va noxukumat tashkilotlar bilan yaqindan yaqin hamkorlik qilmoqda. Respublikada 88 ta chet el davlat vakolatxonalari ro‘yxatdan o‘tgan 24 hukumatlararo tashkilotlar ishlab turibdi. O‘tgan yillar mobaynida respublika ko‘plab juda muhim xalqaro hujjatlarga qo‘shildi. Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, " Biz mustaqillik taraqqiyot yo‘lida o‘n to‘rt yildan buyon keng ko‘lamli islohotlarni izchillik bilan olib bormoqdamiz. Bu borada biz tanlangan model, jamiyat hayotini erkinlashtirish jarayonlari amalda o‘zini oqlaganligi ko‘p ko‘p misollarda ko‘rishimiz qiyin emas. Bu hayotimiz deyarli barcha jabhalarda o‘z tasdig‘ini va isbotini topgan, ko‘pchilik tomonidan tan olingan haqiqatdir".1
Milliy istiqlol buyuk sharofati bilan mamlakatimizni xalqaro jinoyatchilik illatiga qarshi kurash borasidagi davlatlar hamkorligida ishtirok etish, insoniyat boshiga tushgan mazkur kulfatga barham berish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Qisqa davr mobaynida O‘zbekiston bir xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash borasida o‘nlab xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilib, tegishli xalqaro tashkilotlar doirasida faol ishtirok etmoqda. Zero, xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi davlatlar hamkorligining turli tuzilmalarida ishtirok etish bugungi kunda turli xil jinoiy parast guruhlarning, ayniqsa terrorchilik va ekstremistik tusdagi guruhlarning nishoniga aylangan O‘zbekiston uchun bag‘oyat muhim ahamiyatga ega. Ma'lumki, mamlakatimizda sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatlari, O‘zbekistonda amalga oshirilgan terrorchilik faoliyatining eng yuqori cho‘qqisi bo‘lgan Andijon voqealarning barchasi trasmilliy uyushgan jinoyatchilikning bir ko‘rinishlari bo‘lganligi, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida bir davlat kuchi bilan engib bo‘lmasligi, terrorchilik, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi bugungi kunda umumbashariy tus olganligini hisobga olgan xolda, O‘zbekiston uchun nafaqat universal, balki mintaqaviy va submintaqaviy xalqaro hamkorlik tuzilmalarida ishtirok etishning dolzarbligini belgilaydi.
Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash borasida O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qo‘shilib, uning organlari va turli xil dasturlarida ishtirok etayotganligi tahsinga sazovor. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyada ta'kidlaganidek, "Tub tarixiy o‘zgarishlar davrida hozirgi dunyoning o‘zaro aloqasi va bir-biriga boliqligi ortib borayotganligi ravshan ko‘rinib turibdi. Ayni shu paytda umuminsoniy muammolarni o‘rganish va hal qilishda jahon miqyosidagi siyosiy vosita sifatida BMTning dunyo ko‘lamidagi roli va ahamiyati oshib bormoqda. Barcha davlatlar tan olgan mustaqil O‘zbekiston endilikda BMTning to‘la huquqli a'zosi bo‘lib qolayapti".1 O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqni taraqqiy etish borasidagi BMTning barcha tashabbuslarida ishtirok etmoqda, yurtboshimiz I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar so‘ngra o‘z xalqaro-huquqiy ifodasini topib, jinoyatchilik illatining turli ko‘rinishlarga qarshi kurashda o‘z samarasini bermoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Mamlakatimiz rahbari Evropada Xavfsizlik va hamkorlik Kengashining Istambul sammitida so‘zlangan nutqida "terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish masalasini keskin qo‘yish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Markazning asosiy vazifasi terrorizm ko‘rinishlari bilangina emas, eng avvalo, xalqaro terrorizmni mablag‘ bilan ta'minlayotgan, qo‘llab-quvvatlayotgan, qurol-yarog‘ bilan ta'minlab joylarga jo‘natayotgan manbalarga qarshi kurash bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni so‘zsiz bajarilishi bo‘yicha faoliyatlarini muvofiqlashtirishdan bo‘lishi lozim". Ushbu markazni tashkil etish g‘oyasi Prezidentimiz tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyada 2000-yil sentyabr oyida so‘zlangan nutqida takroran bildirilgan. Ma'lumki, 2001-yil 11-sentyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlaridan so‘ng, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan 1373-sonli rezolyutsiya qabul qilinib, ushbu rezolyutsiyada terroristik faoliyatni moliyalashtirish qat'iy taqiqlanishi, terrorchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘larni yig‘ishga qaratilgan har qanday davlat hududiga faoliyat jinoiy deb topilishini huzurida terrorizmga qarshi kurashga ixtisoslashgan maxsus organ ta'sis etilishi nazarda tutildi.1
O‘zbekiston Respublikasi jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi xalqaro hamkorligi nafaqat, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va u bilan bo-liq faoliyatni qamrab oladi. Bugungi kunda mamlakatimiz jinoyatchilikka qarshi kurash borasida sermazmun faoliyat olib borib, bu borada Evropa ittifoqi bilan olib borilgan hamkorlik rishtalari alohida ahamiyat kasb etadi. Jahon hamjamiyati intergartsiyalashuvning tarkibiy qismi davlatlarning turli mintaqaviy birlashmalari bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat bo‘lib, bu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi mintaqaviy xalqaro tashkilotlar jumladan, chunonchi, Evropa Ittifoqi, EXHT, NATO, EKO, OIK, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Bular orasida Evropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasida munosabatlarni rivojlantirishda bir qancha muhim ishlar amalga oshirildi. 1996-yilning fevral oyida Evropa Ittifoqi Kengashi sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risida Bitim tuzish yuzasidan O‘zbekiston bilan tashqi ishlar vazirligi darajasida muzokaralar ushlash haqida qaror qabul qildi va shu yilning 21-iyul kuni Italiya Respublikasining Florentsiya shahrida sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim Evropa Ittifoqi a'zo-davlat vakillari, evropa komissiyasi rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi. Yurtboshimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, "Evropa Ittifoqi bilan sherikchilik va hamkorlikni biz O‘zbekistonning xavfsizligi va taraqqiyotining ta'minlanishiga qo‘shilgan yana bir hissa deb hisoblaymiz. Chunki bu sherikchilik iqtisodiy, madaniy, ilmiy sohalar bilan bir qatorda, siyosiy sohasini ham nazarda tutadi. Bu hujjat hamkorlik qilishning mutlaqo yangi bosqichini boshlab beradi, O‘zbekiston, evropa Ittifoqi va unga a'zo bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning huquqiy negizini yaratadi, iqtisodiy, texnikaviy, madaniy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochadi, muntazam siyosiy muloqot uchun institutsional asos yaratadi".1
Bitim doirasida xar ikki tomonning o‘zaro siyosiy, savdo va madaniy aloqalarni mustahkamlash, integratsiya yo‘lidan borish uchun tomonlarga xizmat qiluvchi demokratiya va ozor iqtisodiyoti tamoyillarga rioya qilish tarafdori ekanligining ifodasi bo‘lib, jinoyatchilikka qarshi kurash kurashga bir qator masalalar bo‘yicha kelishuvlar nazarda tutildi. O‘zbekiston va Evropa Ittifoqi qo‘yidagi sohalarda hamkorlik qilishga kelishdilar: pullarni legallashtirishga qarshi kurash, noqonuniy migratsiyaning oldini olish, o‘z fuqarolarini topshirish (ekstraditsiya), giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash. Mazkur bitim doirasida Giyohvandlikka qarshi kurash rejasi qabul qilinishi kutilayotgan bo‘lib, mazkur reja oirasida birgalikda o‘qitish, yagona texnikaviy standartlarni shakllantirish, giyohvandlik vositalarini aniqlovchi turli uskunalar etkazib berilishi nazarda tutildi.2
Bugungi kunda O‘zbekiston hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik rishtalarini shakllantirishtirish dolzarb vazifaga aylandi. MDH Nizomining muqaddimasida e'tirof etilishicha, uning tuzilishidan asosiy maqsadalar bo‘lib, umumiy sa'i-harakatlar bilan o‘z xalqlarning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga erishish, millatlararo tinchlik va fuqarolik tinchlikni ushlab turish, shuningdek, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashda o‘zaro hamkorlik qilish, Hamdo‘stlik doirasida hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirishdan iborat. MDH doirasida hamkorlik qurolli nizolarni bartaraf etish, yadroviy xavfsizlikni ta'minlash, tashqi chegalarida barqarorlikni ta'minlash, atrof-muhitni ximoya qilish kabi sohalarda hamkorlik qilish nazarda tutilgan. MDH Rossiya taklifiga binoan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida kuzatuvchi maqomini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tuzilgan bir qator davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomalar nazarda tutilgan. "Jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida tuzilgan shartnomada, taraflar bir qator sohalar jumladan xalqaro terrorizm, kontrabanda, insonlarni sotish, sohalari kabi hamkorlik qilishga kelishdilar (2-moddasi). Shartnomaning 8-moddasida taraflar jinoyatlarni fosh etishga va oldini olishga ko‘maklashadigan axborot bilan ayirboshlash, dastlabki tergovni amalga oshirilishiga ko‘maklashish, daxldor shaxslar, korxonalar, muassasalar faoliyatini o‘rganish, shaxslar, ashyo va hujjatlarni tekshirish orqali, tezkor qidiruv tadbirlarning amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni bajarish, uyushgan jinoiy guruhlar faoliyatiga barham berishga qaratilgan o‘zaro muvofiqlashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish, o‘zaro tajriba almashish, qonun va boshqa normativ hujjatlar bilan ayirboshlash to‘g‘risida kelishdilar. Shunga o‘xshash qoidalarni "Jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Moldova Respublikasi o‘rtasidagi Bitimda ham ko‘rishimiz mumkin.1
Huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar, huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalardan farqli ravishda ancha tor huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi o‘rtasidagi "Jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi shartnomada2 shaxs va ashyolarni identifikatsiya qilish, hujjatlarni shu jumladan shaxslar kelishini talab etayotgan hujjatlarni berish, jinoyat va sud materiallarni, ma'lumotlar, hujjatlar va boshqa materiallar taqdim etish, mulkni berib yuborish, ashyoviy dalillarni taqdim etish, shaxslardan ariza va guvohlik ko‘rgazmalarini olish, tintuv va olib qo‘yish, tergov harakatlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni bajarish, guvohlik ko‘rgazmalarining berilishi ta'minlash, shu jumladan qamoqqa olingan shaxslar bilan tergov harakatlarni o‘tqazishda yordam berish, jinoyat natijasida orttirilgan mol mulkning joylashishini aniqlash, ro‘yxatdan olish va musodara qilish huquqiy yordam turlari sifatida e'tirof etildi. Surishtiruv va dastlabki tergov davomida amalga oshirilish lozim bo‘lgan protsessual harakatlarni bajarishda ko‘maklashish huquqiy yordam tushunchasini ifoda etishi O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi "Fuqarolik, oila va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida"gi shartnomada (4-modda),3 O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Turkiya Respublikasi hukumati o‘rtasida tuzilgan fuqarolik, savdo masalalari va jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risida"gi shartnomada (25-modda) ko‘rishimiz mumkin.1
Dostları ilə paylaş: |