mavjud tovar-moddiy zahiralarning turlari va guruhlariga bog’liq. Ammo, har qanday
holatda ham auditor 1010-1090, 1080, 1510 va 1610 schyotlar bo’yicha analitik va sintetik
hisob registrlarini, qoldiq vedomostlari, omborxona hisobi kartochkalari, daftarlar,
inventarizatsiya materiallarini hamda tugallanmagan ishlab chiqarishlar (2010, 2110, 2310-
schetlar) bo’yicha hisob registrlarini tahlil qilib chiqishi lozim.
12. 2. Tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ketma-ketligi.
Tovar-moddiy zahiralar bilan bog’liq xo’jalik muomalalarini auditorlik tekshiruvidan
quyidagi tartibda o’tkazish maqsadga muvofiq.
Tovar-moddiy zaxiralari auditining ketma ketligi:
A. Umumiy muolajalar. Testlar nazorat quroli.
1.
Ichki nazorat tizimi bo’yicha test o’tkazish (INT);
2.
Buxgalteriya hisobi tizimi bo’yicha test o’tkazish (BHT);
3.
Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatini tahlili;
4.
Soliq hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatini tahlili;
5.
Ishchi schetlar rejasini tahlil qilish;
6.
Buxgalteriya balansi va buxgalteriya hisob registrlaridagi ko’rsatkichlarni bir xilligini
tekshirish;
7.
Xujjatli tekshirishda tanlab olish miqdori va tuzilishi aniqlash.
B. Mohiyati bo’yicha tekshirish muolajalar.
1.
Inventarizatsiya;
2.
Shartnomalarni ko’rib chiqish (tekshirish);
Dostları ilə paylaş: