o’tgan bo’ladi. Mol etkazib beruvchilardan schet-fakturasiz olingan moddiy qiymatliklar hisobda aks ettirilmaydi yoki kirim qilinmaydi. Davriylashtirishdagi xatolarni aniqlash uchun auditor hisob yozuvlarini o’rganishi va ularni dastlabki hujjatlar bilan solishtirishi kerak. g) Tovar-moddiy boyliklarni baholashning to’g’riligi. Masalan, ularni kirim qilishda sotib olish bahosi noto’g’ri aniqlanib, buning oqibatida amortizatsiya noto’g’ri hisoblanadi. Bu xatolar hisob yuritish uslubiyotining buzilishiga olib keladi va ko’p hollarda muntazam sodir bo’ladi. d) Tovar-moddiy zahiralarni buxgalteriya hisobining tegishli schyotlarida aks ettirishning to’g’riligi. Bunday xatolar inventarizatsiya o’tkazish chog’ida aniqlanishi mumkin. Tovar-moddiy zahiralar qoldiqlarini aks ettirish va sotilgan mahsulot tannarxini hisoblashning to’g’riligiga ta’sir qiluvchi muomalalar quyidagilar natijasida yuzaga keladi: a) buxgalteriya hisobotining buzilishi: oldingi davrlarda hisobdan o’chirilgan, hamda foydalilik xususiyatlarini to’liq yoki qisman yo’qotgan moddiy qiymatliklar inventarizatsiya ma’lumotlariga qo’shilishi; yo’ldagi tovarlarni yoki sotilib bo’lingan tovarlarni ikki marta hisobga olish; uchinchi shaxslar omborida saqlanayotgan ishlab chiqarish zahiralari qoldig’ining oshirib ko’rsatilishi; komissiyaga qabul qilingan ya’ni balansdan tashqari schyotlarda hisobda turgan tovar-moddiy zahiralar ham inventarizatsiya ma’lumotlariga qo’shilishi va shunga o’xshash; b) suyiste’mol qilishlar: korxonaning bir necha xodimlari hatti-harakati yoki saqlash ustidan etarli nazorat o’rnatilmaganligi oqibatida qiymatliklarning o’g’irlanishi; olingan tovarlar hujjatlarda ko’rsatilganidan kam yoki sifatsiz bo’lsa, ularni qabul qilish