Masalan, tovar-moddiy zahiralarning sotib olish qiymati ularni sotib olish bilan bog’liq
bo’lgan barcha xarajatlardan iborat. Lekin, bunday sarflarning bir qismi yoki ayrim turlari
(masalan, sotib olinayotgan xom ashyoning sifatini aniqlashga doir ekspert xizmati qiymati)
tovar-moddiy zahiralar qiymatiga qo’shilmasdan, birdaniga sarflarga olib borilgan bo’lishi
mumkin.
Xaridlar hajmi qalbaki xaridlar yoki muomalalarni aks ettirish kabi xarajatlar noto’g’ri
turkumlangan hollarda oshirib ko’rsatilgan bo’lishi mumkin. Bunday faktlarni aniqlash
uchun xarajatlarni tanlab tekshirish va zarur analitik amallarni bajarish lozim.
12.3.Tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvidagi
audit amallari
Dostları ilə paylaş: