Ombor xo’jaligining ahvoli va tovar-moddiy zahiralar saqlanishini tekshirish eng muhim auditorlik amallaridan biri bo’lib hisoblanadi. Korxona faoliyatining ushbu sohasini har tomonlama o’rganish uchun auditor omborlar, tsexlar va ishlab chiqarish zahiralari saqlanadigan boshqa joylarni tekshiradi. Bunda ishlab chiqarish zahiralarini saqlash sharoitlari, yong’in xavfining oldini olish, omborlarning qurilmalar, texnikalar, asboblar bilan jihozlanganligi va ularning to’g’ri ishlatilishi, ombor binolarini qo’riqlash holati ham o’rganiladi. Ombor xo’jaligining qoniqarsiz tashkil etilganiligi tovar-moddiy zahiralar saqlanishi ustidan ichki nazoratning past darajada ekanligidan dalolat beradi. O’rganish jarayonida moddiy qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va berishga aloqador xodimlarning moddiy javobgarliklarini tashkil etishga maxsus e’tibor qaratiladi. Xodimlarning huquq va burchlari, ularning ish tartibi, qiymatliklarni qabul qilish va berish, hamda ularni hujjatlashtirish tartibi, omborlarda natural o’lchovlarda hisobni yuritish, buxgalteriyaga hisobotlarni taqdim etish muddatlari ko’rsatilgan standartlar yoki yo’riqnomalarni ishlab chiqish va moddiy javobgar shaxslarga taqdim qilish moddiy qiymatliklarni saqlashni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Tovar-moddiy zahiralarni saqlash joylarini ko’zdan kechirish chog’ida moddiy javobgar shaxslardagi hujjatlar bo’yicha ular qiymatliklarni qabul qilish va berishni rasmiylashtirish, hamda omborxona hisobi daftari yoki kartochkalariga yozishni o’z vaqtida amalga oshirilayotganligi tekshiriladi. Hisobga olinmagan oshiqcha materiallar va tayyor mahsulotlar quyidagi yo’llar bilan vujudga kelishi mumkin: * tayyor mahsulotlarni tayyorlash chog’ida xom ashyolarni almashtirish; xom ashyo va