buxgalteriya ma’lumotlariga mos kelish-kelmasligini tekshirib ko’rishi lozim.
Shuningdek, inventarizatsiyada aniqlangan, tovar moddiy zahiralar kamomadi va
oshiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortish masalalari ham
o’rganiladi.
Moddiy boyliklarning but saqlanayotganligini tekshirishda moddiy boyliklarning to’liq
kirim qilinganligini va chiqimga to’g’ri hisobdan o’chirilganligini aniqlash muhim o’rin
egallaydi. Chunki ayrim hollarda ortiqcha xom ashyo hosil qilinib, undan noqonuniy
maqsadlarda «chapga ketadigan» mahsulot ishlab chiqarishga yo’l ochib beriladi.
Odatda, moddiy boyliklarni kirim qilishni nazorat qilish mol etkazib beruvchilardan
kelib tushgan hisob-kitob hujjatlarini tekshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunday
hujjatlar jumlasiga to’lov talabnomalari, schyot-fakturalar, turli ilovalar (spetsifikatsiyalar,
sertifikatlar, sifat yorliqlari va hokazo) qo’shib yuboriladigan tovar-transport yuk xat
(nakladnoy)lari kiradi.
Korxonaga keltirilgan moddiy boyliklar tegishli omborxonaga o’z vaqtida kirim
qilinishini yoki agar ular darhol tsexga beriladigan bo’lsa, omborxona orqali
rasmiylashtirilib, bu haqda hujjatlarda qayd qilinadi.
Shunday qilib, bu holda omborxona xodimi moddiy boyliklarning mavjudligi va tsexga
berilganligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, moddiy boyliklarni tekshirishda auditor
quyidagilarni aniqlashi lozim:
*
yo’ldagi moddiy boyliklar va fakturasiz jo’natilgan moddiy boyliklarni hisobga olish
ishlari to’g’ri bajarilishini; balansda ko’rsatilgan, yo’ldagi moddiy boyliklar qoldiqlarining
haqqoniyligi;
|