moddiy boyliklarning alohida ro’yxatini tuzib, keyin qarama-qarshi tekshiruvda ular kimga tegishli ekanligini, shuningdek, 002 balansdan tashqari schyotda hisobga olinishini aniqlashi lozim. Auditor tekshirish chog’ida moddiy boyliklarning raqami, rusumi, nomiga alohida e’tibor berishi kerak. Chunki, amaliyotda mavjud boyliklarning raqami va rusumlarini kirim hujjatlari hamda pasportlariga solishtirib, bir yangi avtomobil dvigatelini boshqa eskisiga yoki kamyob avtomashinani boshqa arzoniga almashtirib qo’yish hollari ham uchraydi.
Ba’zi moddiy boyliklar bo’yicha namuna olish usulini qo’llash tavsiya etiladi. Namunalar ikki nusxada olinadi va muhr bilan surg’uchlanadi. Namunaning bir nusxasi tegishli idishga solinib laboratoriyaga tahlil uchun topshiriladi. Ikkinchisi tilxat bo’yicha korxonada qoldiriladi. Tilxat esa tekshiruvchiga beriladi. Tahlil uchun olingan namunalarga dalolatnoma tuzilib, unda korxonaning nomi, namunaning og’irligi, hajmi, olingan joyi, saqlanayotgan joyning harorati ko’rsatiladi. Namuna olish dalolatnomasini tekshiruvchilar va moddiy javobgar shaxslar imzolaydi. Inventarizatsiya ma’lumotlari bo’yicha ro’yxatlar tuziladi, ularni barcha komissiya a’zolari imzolaydi, moddiy javobgar shaxs esa har qaysi ro’yxat bo’yicha quyidagi mazmunda tilxat yozib beradi: «
Ushbu inventarizatsiya ro’yxatida qayd qilingan barcha moddiy boyliklarni komissiya mening ishtiroqimda aslidan tekshirdi va ro’yxatga kiritdi, bu borada inventarizatsiya komissiyasiga e’tirozim yo’q. Ro’yxatda qayd qilingan barcha boyliklar mening javobgarligimda saqlanmoqda» Auditor hisobot yilining oxirgi yoki yangi yilning dastlabki kunlarida tekshirilayotgan