Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


korxona xodimlari tomonidan o’tkazilayotgan inventarizatsiyada qatnashishi mumkin. Biroq



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə436/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

korxona xodimlari tomonidan o’tkazilayotgan inventarizatsiyada qatnashishi mumkin. Biroq, 
inventarizatsiya ma’lum bir sana oralig’ida o’tkazilgan bo’lsa, auditor inventarizatsiya 
o’tkazilgan paytdan hisobot sanasigacha o’tgan davrda zahiralarning kirimi va chiqimini 
ko’zdan kechirib chiqishi zarur. Bu holda nakladnoylar, schyot-fakturalar, bojxona 
deklaratsiyalari va shunga o’xshash hujjatlar hisob ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
Ishlab chiqarish zahiralari bir necha omborlarda saqlanishi mumkin. Bu holda 
kamomadni yopish maqsadida zahiralarni bir ombordan ikkinchisga o’tkazib qo’yishning 
oldini olish uchun inventarizatsiyani barcha omborlarda bir vaqtning o’zida o’tkazish 
maqsadga muvofiqdir. Agar qandaydir sabablarga ko’ra bunday qilishning imkoni bo’lmasa, 
auditor birinchi omborda inventarizatsiya boshlangan paytdan boshlab, u oxirgi omborda 
tugagunga qadar vaqt oralig’ida zahiralarning bo’linmalar (omborlar) o’rtasida biri-biriga 
o’tishini ko’zdan kechirib chiqishi zarur.
Agar barcha omborlarni bir vaqtning o’zida inventarizatsiyadan o’tkazish imkoni 
bo’lmasa, ularning hammasini muhrlab qo’yib, so’ngra birma-bir inventarizatsiya qilish va 
natijalarini rasmiylashtirish mumkin.
Inventarizatsiya o’tkazish chog’ida auditorda zahiralar to’g’risida dalil-isbotlar olishda, 
texnologik jarayonlarning xususiyatlaridan kelib chiqadigan murakkabliklar yuzaga kelishi 
mumkin. Buning uchun ayrim hollarda mutaxassislar maslahatiga zarurat seziladi.
Shuningdek, zahiralarning miqdorini aniqlash bilan bog’liq dalil-isbotlarni olishda ham 
murakkabliklar vujudga kelishi mumkin. Ular quyidagi shart-sharoitlardan kelib chiqadi: 
a) tanlash usulining qo’llanilishi. Ma’lumki, bitta tekshiruv doirasida barcha zahiralarni 
yoppasiga tekshirishning imkoni yo’q, ammo zahiralar to’g’risidagi hisob yozuvlari ularning 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin