tarkibiy va miqdoriy o’zgarishlarini tahlil qiladi, zahiralarni saqlash joylari haqida, hamda inventarizatsiya ishlarining tashkil etilishi to’g’risida ma’lumotlar to’playdi. Moddiy boyliklarni omborxona va boshqa saqlash joylarida hisobga olinishini tekshirish ularni inventarizatsiya qilishdan boshlanadi. Tekshirishni boshlashdan oldin auditor moddiy boyliklar saqlanadigan barcha joylarni aniqlash va tanlab inventarizatsiya o’tkaziladigan boyliklar ro’yxatini alohida tuzishi lozim. Ish boshlanishidan oldin auditor korxona rahbari bilan inventarizatsiya komissiyasini tuzish to’g’risida kelishib oladi. Korxona rahbari bu haqda buyruq chiqaradi. Uning bir nusxasi inventarizatsiya o’tkazish komissiyasi a’zoliriga beriladi, komissiya raisiga nazorat so’rg’ich (plomba)lagichi topshiriladi. Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga, odatda, moddiy javobgar shaxslardan tashqari, korxona rahbariyati vakillari, mutaxassislar ham kiritiladi. Agar moddiy javobgar shaxs mehnat ta’tilida yoki uzoq vaqtdan beri kasal bo’lsa, ayrim auditorlar inventarizatsiya o’tkazishni o’sha shaxssiz bajarishga qaror qilib katta xatoga yo’l qo’yishadi. Vaholanki, moddiy boyliklar etishmovchiligi aniqlangan taqdirda moddiy javobgar shaxs keyinchalik uni tan olmasligi va uning natijalariga e’tiroz bildirishi mumkin. Agar moddiy javobgar shaxs uzrli sabab bilan ishda bo’lmasa, auditor omborxonani muhrlab qo’yib, inventarizatsiya o’tkazishni u ishga tushgandan so’ng bajarishi lozim. Auditor inventarizatsiya qilishni boshlashdan oldin omborchidan inventarizatsiya boshlanadigan sana uchun moddiy boyliklarning kirimi va chiqimi bo’yicha hisobot tuzib, uning bir nusxasini tashkilot buxgalteriyasiga topshirtiradi va ikkinchi nusxasini auditor o’ziga oladi. Bundan tashqari, auditor moddiy javobgar shaxsdan boyliklarning kirimi va