haqiqatdagi qoldiqlariga yaqqol mos kelmagan hollarda barcha tovar-moddiy zahiralar tekshiruvdan o’tkazilishi zarur; b) auditorning zahiralar saqlanadigan barcha joylarda bir vaqtning o’zida ishtirok eta olmasligi; v) nazorat amallarining xususiyatlari - takroran hisobga olish, tasodifan yoki ataylab hisobga olinmagan qiymatliklar yo’qligiga ishonch hosil qilish zarur. Nazorat uchun o’tkazilgan tekshiruvlar qiymatliklarni jamlash to’g’ri amalga oshirilganligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi; g) inventarizatsiya qilinadigan qiymatliklarning xususiyatlari (masalan, fermalarda pichan g’arami, elevatordagi don uyumi va h. k. ). Bunday hollarda auditor maxsus o’lchash, baholash usullaridan foydalanib, bu vaqtda zahiralarning bir qismi o’lchanadi va so’ngra ularning umumiy miqdori aniqlanadi. Bunday tekshiruv natijalarining to’g’riligi ularni buxgalteriya hisobi va ombor hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi. Ayrim turdagi zahiralar mavjudligini oddiy hisob-kitob yo’li bilan tekshirish mumkin emas. Masalan, ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz kechadigan - qayta ishlash, sanoat ishlab
chiqarishi kabilarda. Bunday holda auditor ichki nazorat amallariga tayanishi, hamda bunday moddiy qiymatliklarni inventarizatsiya qilish uchun mijoz ruxsati bilan ekspertlar jalb qilishi mumkin. Ayrim hollarda bir qator sabablarga ko’ra inventarizatsiya o’tkazish imkoni bo’lmaydi. Masalan, audit o’tkazish uchun shartnoma tuzish paytiga, yil oxirida mijoz tomonidan inventarizatsiya o’tkazib qo’yilgan va uni takroran o’tkazishdan bosh tortsa yoki inventarizatsiya o’tkazish juda qimmat bo’lgan hollarda. Bu holda auditor matematik