(naqd pulsiz hisob-kitoblarda) yoki kassa chiqim orderi va kassa kirim orderining kvitantsiyasi (naqd pullik hisob-kitoblarda), qimmatli qog’ozlar qiymatini to’lash uchun beriladigan mulklar (aktivlar)ni rasmiylashtirish schet-fakturasi va nakladnoyi, qimmatli qog’ozlar va qat’iy hisobda turadigan blankalarning inventarizatsiya ro’yxati va boshqa hujjatlar. 11.10. Moliyaviy qo’yilmalarni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari Qimmatli qog’ozlar auditi qimmatli qog’ozlarga taaluqli buxgalterlik hisoboti ma’lumotlarining xaqqoniyligini tekshirishdan boshlanadi. Bunday tekshiruv korxonaning naqd pullarini tekshirishdagi kabi inventarizatsiya (ashyoviy ro’yxat) o’tkazish yo’li amalga oshiriladi. (№19-BHMS 3. 30-3. 36 bandlari)
Qimmatli qog’ozlarni inventarizatsiya (ashyoviy ro’yxat) qilish quyidagi vazifalarni hal etadi: ularning haqiqatdagi mavjudligini aniqlash; haqiqatda mavjud qoldiqlarini buxgalterlik hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali ularning saqlanishi ustidan nazorat o’rnatish; qimmatli qog’ozlardan olinadigan daromadlarning to’liqligi va o’z vaqtidaligini tekshirish; ularning saqlanishi uchun zarur shartsharoitlar yaratilganligini tekshirish (korxonada saqlanganida); qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq daromadlar va yo’qotishlarni hisobda aks ettirishning haqqoniyligini aniqlash. Auditor inventarizatsiyani boshlashdan oldin qimmatli qog’oz-lar bo’yicha ichki auditning ahvoli bilan tanishishi zarur. Chunonchi, korxonaning pul mablag’lari bo’yicha maxsus komissiyasi har oyda kamida bir marta pul mablag’lari kabi qimmatli qog’ozlarni ham inventarizatsiya (ashyoviy ro’yxat)dan o’tkazishi lozim. Bundan tashqari, yillik