natijalari qanday bo’lishidan qat’iy nazar (foyda oladimi yoki zarar ko’radimi) nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashi shart. Nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya ajratmalari hisoblashni tekshirish chog’ida: * nomoddiy aktivlar ob’ektlarining o’rtacha qiymati va o’rtacha amortizatsiya normasidan foydalangan holda hisoblash yo’li bilan amortizatsiya ajratmalari summalarini prognozlash; * bir necha hisobot davrlaridagi hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summalarini taqqoslash va aniqlangan farqlarni nomoddiy aktivlar ob’ektlarining mavjudligi hamda ular
kirimi va chiqimining ta’sirini inobatga olgan holda tahlil qilish kabi analitik amallardan ham foydalanish mumkin. Amortizatsiya ajratmalarini batafsil tekshirish chog’ida auditor amortizatsiya ajratmalari hisoblash usullaridagi o’zgarishlarning korxona hisob siyosatida aks ettirilganligini aniqlashi lozim. Chunki bunday o’zgarishlar bir qancha davrlar oralig’idagi ma’lumotlarning taqqoslanuvchanligiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Bunda joriy sharoitga yangi baho berish kerak. Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddatlari o’zgargan hollarda o’zgarish sabablari o’rganilib, ularning №1 - «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» va №7 - «Nomoddiy aktivlar» nomli BHMS talablariga muvofiqligi o’rganiladi. Nomoddiy aktivlardan qancha muddatda foydalanish va ularga eskirish hisoblash zarurati haqidagi masalaga ko’pchilik davlatlarning ancha ehtiyotkorlik bilan yondoshishi bu sohadagi mavjud xalqaro standartlarga muvofiq keladi. Chunki, hisobning xalqaro standartalari komiteti yoxud ishbilarmonlik aloqalari qiymati kapitallashtirishni, yoxud