chiqarishni qayta jihozlash xarajatlari 9420-«Ma’muriy xarajatlar» schyotida aks ettiriladi. Agar korxona qandaydir ishlab chiqarish va intellektual mulk (patentlar, guvohnomalar) yaratsa, ushbu «Nizom» dan kelib chiqqan holda, ularni mulk sifatida hisobga olib bo’lmaydi, chunki ularni yaratish bilan bog’liq xarajatlar kapitallashmaydi. Ushbu savol masalasida turli mamlakatlarda qarama - qarshi fikrlar mavjud. Masalan, ayrim mamlakatlarda nomoddiy aktivlar mablag’ sifatida inobatga olinmaydi, ularni darhol ishlab chiqarish sarflari yoki foyda hisobiga hisobdan chiqarish ko’zda tutilgan. Ammo, bunday yondoshuvga qarama-qarshi gumon patentlar olish va kashfiyotlar, tovar markalari, savdo belgilari, «Nou-xou» ishlanmalari va dastur ta’minotlarini yaratish bilan bog’liq ilmiy- tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) kabi aktivlarni darhol hisobdan o’chirish, davr oralig’ida oladigan daromadlarni buzib ko’rsatishga olib keladi va korxonalar tomonidan ushbu faoliyat sohasiga mablag’lar sarflashni to’xtatib turadigan omil bo’lib hisoblanishidan iborat. Agar nomoddiy aktivlarni yaratish bilan bog’liq xarajatlarni darhol hisobdan o’chirish fikriga qo’shiladigan bo’lsak, unda bizning korxonalarimizda bunday xarajatlarga eng oz miqdorda mablag’ ajratilib, respublikamiz xududida ishlab chiqarish va intellektual mulkni (korxonaning o’z ishlab chiqarishini) umuman pasayishiga olib keladi, korxonalar esa o’zlarining mulkiy huquqlari (nomoddiy aktivlari)ni yaratmasdan, xorijdan sotib olishga xarajat qiladilar. Nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya hisoblash va amortizatsiya ajratmalarining mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga to’g’ri olib borilishini tekshirish chog’ida auditor nomoddiy aktivlarning ishlab chiqarish faoliyatida foydalanilayotganligi va daromad