xarajatlari, sotib olishda berilgan tijorat krediti bo’yicha to’lanadigan foizlar, tashqi iqtisodiy
va boshqa tashkilotlarga to’lanadigan komission to’lovlar (xizmatlar qiymati), nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar kiradi. Boshqa mulklar singari nomoddiy aktivlarga taalluqli buxgalterlik ma’lumotlar haqqoniyligi vaqti-vaqti bilan o’tkazib turiladigan inventarizatsiya asosida tasdiqlanadi. Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilish quyidagi vazifalarni hal etadi: ularning haqiqatda mavjudligini aniqlash; haqiqiy qoldiqni buxgalterlik hisob ma’lumotlariga solishtirish yo’li bilan ularning butligini ta’minlash ustidan nazorat o’rnatish. Nomoddiy aktivlarning korxonada haqiqatan mavjudligi va ular ustidan ichki nazoratni amalga oshirish uchun nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilish lozim. Bunda auditor №19-«Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» nomli BHMS (O’zR. Adliya Vazirligida 2 noyabr 1999 y ro’yxatga olingan №833) va «Inventarizatsiya natijasida aniqlangan mulklar kamomadi va oshiqcha chiqishini buxgalterlik hisobida aks ettirish va soliqqa tortish to’g’risidagi NIZOM» O’zR Adliya Vazirligida – 2001 yil ro’yxatga olingan №1054) talablariga rioya qilinganligini sinchiklab tekshirishi zarur. Agar baholash natijasida ob’ektning bozor bahosi (undiriladigan summa) kam chiqqan ob’ektning qoldiq qiymatidan past bo’lsa, ko’rilgan zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) Debet 4730-«Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzlari» scheti aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan bozor qiymatiga. Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» scheti aybdor yoki moddiy javobgar