yo’qotishlarni imkon darajada pasaytirish maqsadida amalga oshirilishi kerak. Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olinishini tekshirishda auditor hisobning bir qancha tomonlarini o’rganib, o’zi uchun tasdiqlab olishi kerak. Bular, majburiyatlarning kelib chiqishi, majburiyatlar bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshirishda maxsus ruxsatnomalarning mavjudligi, operatsiyalar to’liqligi, baholanishi va klassifikatsiyasi. Quyidagilar uzoq muddatli majburiyatlarning umumiy nazoratida mavjud bo’lishi kerak bo’lgan jihatlar. Majburiyatlarning kelib chiqishi va maxsus ijozatga ega ekanligi . Korxonada shunday nazorat muhiti bo’lishi kerakki, har qanday uzoq muddatli majburiyat korxonadagi mas’ul shaxs tmonidan amalga oshirilishi kerak. Birinchidan, majburiyat yuzaga kelishi bilan bog’liq hujjatlar tekshrilib, majburiyatni amalga oshirish uchun ruxsat mavjud ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Majburiyatlar bilan bog’liq hujjatlarning zarur darajada rasmiylashtirilganligi auditorga yuqoridagi operatsiya to’liq va maqsadli amalga oshirilgan yoki yo’qligini aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, har qanday katta summadagi majburiyatlar direktorlar kengashi yoki shu kabi vazifalarga mas’ul bo’lgan rahbarning yozma tasdig’i bilan amalga oshirilishi kerak. Majburiyatlar bilan bog’liq operatsiyalar qayta-qayta takrorlanadigan korxonalarda ham umumiy nazorat ham hududiy nazorat amalga oshirilishi kerak. Direktorlar kengashi korxona moliyaviy faoliyati yuzasidan umumiy
nazoratni amalga oshirsa, ma’lum bir majburiyat yoki to’lov yuzasidan nazoratni rahbar yoki moliyaviy menejer amalga oshiradi. Moliyaviy menejer ma’lum bir uzoq muddatli