moliyaviy instrumentlardir. Yuqoridagi kabi murakkab moliyaviy majburiyatlarning hamda xususiy kapitalning hisobi va auditining yuritilishi quyidagi keltiriladi. Kapitallashtirilgan ijara shartnoma majburiyatlari ham uzoq muddatli majburiyatlarga kiradi. Uzoq muddatli majburiyatlar auditi obligatsiyalar, moliyaviy instrumentlar, to’lanadigan foizlar va foiz xarajatlaridagi operatsiyalarni o’z ichiga oladi. Uzoq muddatli majburiyatlarning juda ko’p o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, bu xususiyatlar bajariladigan audit amallariga ta’sir qiladi. Masalan, majburiyat aktsiyaga konvertatsiya qilinishi yoki varrant, optsion (huquq) bilan birlashtirilib xususiy kapitalga almashtirilishi mumkin. Qarz ma’lum bir shartlar bilan bo’lishi yoki korxona qarzni yopa olishini tasdiqlashni talab qilishi mumkin. Umuman aytganda majburiyatlar korxona aktivlari bilan ta’minlangan yoki ta’minlanmagan bo’lishi mumkin. Uzoq muddatli majburiyatlarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi moliyaviy hisobotning boshqa ko’rsatkichlarini tekshirish kabi o’tkaziladi. Auditor balansda ko’rsatilgan uzoq muddatli majburiyatlar satridagi summalarning noto’g’ri raqamlarni ko’rsatmayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Bu moliyaviy hisobotdagi foiz xarajatlarini ham qamrab oladi. Uzoq muddatli majburiyatlar auditida auditor tekshirilayotgan sub’ektning moliyaviy faoliyatdagi ishtiroki hajmini aniqlashi kerak. Moliyaviy faoliyat bilan bog’liq operatsiyalar tez-tez amalga oshiriladigan korxonalarda nazorat riskini aniqlash uchun korxonaning ichki nazorat tizimini o’zrganish, so’rov yoki test savollari yordamida nazoratning qay darajada amalga oshirilayotganligini baholash kerak bo’ladi. Bunday holda ko’pincha auditordan uzoq muddatli majburiyatlarni aynan ular bilan bog’liq bo’lgan foiz xarajatlarini hisobga oluvchi