5520 - schyotlar ma’lumotlari tekshiriladi. Pul mablag’larining maqsadli tayinlashiga ko’ra 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» schyotiga quyidagi analitik schyotlar ochilishi mumkin: * maqsadli (tadbirlarni) mablag’ bilan ta’minlashni (bolalar bog’chasi, yaslilarni saqlash va boshqalar) hisobga olish uchun; * kapital qo’yilmalarni mablag’ bilan ta’minlashga mablag’larni to’plash uchun; * bank kartalaridan foydalanib hisob-kitoblarni amalga oshirishda pul mablag’larini saqlash uchun mo’ljallangan bankdagi maxsus kartochka schyoti. Auditor 5510, 5520 va 5530 - schyotlar bo’yicha analitik hisobning tuzilishi pul mablag’larining maqsadli tayinlanish turlari bo’yicha mavjudligi va harakati to’g’risidagi ma’lumotlar olish imkonining ta’minlashini tekshirishi lozim.
Maxsus schyotlar bo’yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish yuqorida bayon qilingan umumiy uslubiyot bo’yicha amalga oshiriladi. 5510 - «Akkreditivlar» schyotiga doir muomalalarni tekshirishda qo’shimcha ravishda hisob-kitoblarning akkreditiv shaklini qo’llash qoidalariga rioya qilinishini tekshirish zarur: * hisob-kitoblarning mazkur shakli shartnomada ko’zda tutilganligi; * akkreditivlarning amal qilish muddatlariga rioya qilinishi; * akkreditivdan naqd pul mablag’larining to’lanmaganligi; * akkreditivni yopishni rasmiylashtirishning to’g’riligi. 5530 - «Boshqa maxsus schyotlar» schyoti «maxsus kartochka schyoti» analitik schyoti bo’yicha muomalalarni tekshirishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: