Valyutani sotib olishga doir muomalalarning valyuta qonunchiligiga va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibiga muvofiqligini tekshirish quyidagi tartibda o’tkaziladi. Valyuta qonunchiligiga muvofiq valyuta sotish quyidagicha turkumlanishi mumkin: 1. Majburiy sotish; 2. Qaytarib sotish; 3. Erkin (ixtiyoriy) sotish. Valyutani majburiy sotish rezidentlarning tovarlar (ish, xizmat, intellektual faoliyat)ni eksport qilishdan olingan, tranzit valyuta schyotiga kirim qilingan valyuta tushumlarini, hamda bo’naklar va oldin to’lovlar sifatida olingan kirimlarni o’z ichiga oladi. Valyutani qaytarib sotish ichki bozorda sotib olingan va maxsus tranzit schyotga qabul qilingan valyutalarni sotishni o’z ichiga oladi. Bu agar sotib olingan valyuta hamda maxsus tranzit schyotiga qabul qilingan va rezident tomonidan xizmat safari xarajatlarini to’lash uchun ishlatilmagan valyutalar maxsus tranzit schyotdan maqsadli tayinlanishi bo’yicha belgilangan muddatlarda hisobdan o’chirilmagan hollarda. Valyutani ixtiyoriy sotish valyuta tushumining majburiy sotiladigan summasidan oshgan summasini va joriy valyuta schyotidan valyuta sotishni o’z ichiga oladi. Valyutani majburiy va qaytarib sotish chog’ida qonunchilikda belgilangan, sotish tartibining majburiy shartlari kabi, bu muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish ham tekshirilishi lozim. Valyutani ixtiyoriy sotishda esa asosan ushbu muomalalarning buxgalteriya hisobida aks ettirishi tekshiriladi. Valyutani sotishga doir muomalalarni tekshirishni quyidagi tartibda amalga oshirish mumkin. Tekshiriladigan masala Qaysi me’yoriy hujjatga muvofiq