chiqishga ega valyuta mablag’lari chegarasida chet el valyutasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish; * 5210-«Mamlakatimizdagi valyuta schyotlari» schyoti bo’yicha ochilgan «Tranzit valyuta schyotlari», «Maxsus tranzit valyuta schyotlari», «Joriy valyuta schyotlari», «Xorijdagi valyuta schetlari» subschyotlaridagi valyuta mablag’lariga doir muomalalar hisobi. Valyuta schyotlari bo’yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish bankda ochilgan, shu jumladan chet ellardagi ham, har bir valyuta schyoti bo’yicha amalga oshiriladi. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, agar O’zbekiston korxonasining xorijiy bankda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki litsenziyasi bo’yicha ochilgan schyoti bo’lsa, bu litsenziya unga valyuta tushumini qabul qilish uchun asos bo’la olmaydi. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida xorijiy bankdagi schyotga valyutani har bir kirimi uchun maxsus ruxsatnoma bo’lishi lozim. Rezident bo’lib hisoblangan, eksport qiluvchi tashkilotlar valyuta tushumi qabul qilinishining to’liqligi va to’g’riligini tekshirishda, vakolatli banklardagi ularning valyuta schyotlari bo’yicha quyidagilarni aniqlash kerak: * tashkilot valyuta tushumini chet ellik hamkorining reklamatsiyasini qoniqtirish hisobiga jarima to’lash yoki zararlarni qoplash, ya’ni o’zaro talablarni hisobga olish to’g’risidagi talablarni; * eksport kontraktlari kabi, import kontraktlarini bajarish chog’ida ham o’zaro qarz
surishish hollariga yo’l qo’yilmaganligi; * O’zbekiston Respublikasiga o’tkazilishi lozim bo’lgan va xorijdagi rezidentning