ettirilgan bank ko’chirmasiga kassa kirim orderi kvitantsiyasi ilova qilinganligi va uning to’g’ri rasmiylashtirilganligi; * 5110-«Hisob-kitob schyoti»ning kredit oboroti (2-jurnal-order) va 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyotining debet oboroti (1-jurnal-orderning vedomost tomoni) bo’yicha sintetik hisob registrlari yozuvlarining tengligi tekshiriladi. Hisob-kitob schyotiga doir muomalalarni tekshirish chog’ida aniqlangan kamchiliklarni auditor ishchi hujjatlarida qayd qilib boradi va auditorlik tekshiruvining mazkur bo’limi bo’yicha tuziladigan oraliq dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi hamda unga asosan auditorlik hisobotida aks ettiradi. 12.8. Valyuta schyotlariga doir muomalalar sintetik hisobining to’g’riligi va to’liqligini tekshirish
Korxona va firmalar xorijiy valyutalardagi pul mablag’larining to’liq kirimga olinishini aniqlash va valyuta muomalalarining hisobda to’g’ri aks ettirilishini tekshirish muhim masala hisoblanadi. Korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chog’ida mahsulot (ish, xizmat) eksportidan daromad oladilar, import tovarlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshiradilar,
xorijga xizmat safarlari bo’yicha sarflarni to’laydilar va O’zbekistonda hamda chet ellardagi banklarda ochilgan valyuta schyotlari orqali boshqa muomalalarni amalga oshiradilar. Banklarda valyuta schyotlarini ochish tartibi va ular bo’yicha muomalalarni amalga oshirish O’zbekiston Respublikasi valyuta qonunchiligi hamda Markaziy Bankining me’yoriy hujjatlari bilan tartibga solinadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bank hujjatlarida xalqaro hisob-kitoblar bo’yicha qoldiqlar va muomalalar milliy valyuta va chet el valyutalari turlari: AQSh dollari, nemis