Pul o’tkazilayotgan vaqtda o’tkazilish xususiyatlari va o’tkazilayotgan summa to’g’riligi (dastlabki hisob hujjatlariga solishtirish yo’li bilan) shuningdek, o’tkazishlarni oladigan shaxslar ro’yxatining ishonchliligi tekshirilishi lozim. 12.7. «Hisob-kitob schyoti»ga doir muomalalar sintetik hisobi to’g’riligi va to’liqligini
tekshirish
Auditor dastavval, hisob-kitob schyoti bilan bog’liq bo’lgan bank muomalalariga doir namunaviy buxgalteriya yozuvlarining tasniflagichi bilan tanishib chiqishi zarur. Bu eng ko’p uchraydigan muomalalarni aniqlash va schyotlar bog’lanishining to’g’riligini tekshirishga imkon beradi. Agar korxonada bunday tasniflagich yo’q bo’lsa, Bosh daftardagi schyotlar bog’lanishidan foydalanib, tegishli axborotga ega bo’lish mumkin. Bunda korxona faoliyatiga xos bo’lmagan muomalalarga doir schyotlar bog’lanishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Agar bank xizmati ko’rsatish shartnomasida bank tomonidan korxonaning pul mablag’laridan foydalanishi ko’zda tutilgan bo’lsa, auditor olingan foizlarning korxonada har oyda daromad sifatida aks ettirilishi yoki ularning hisob-kitob schyotiga haqiqatda o’tkazilishiga qarab aks ettirilishini tekshirishi lozim. Olinadigan foizlarni noto’g’ri aks ettirish nafaqat hisobot davridagi moliyaviy natijalarning buzib ko’rsatilishiga, balki korxonaga nisbatan soliq organi tomonidan moliyaviy jazo choralari (jarimalar) qo’llanilishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, auditor hisob-kitob schyotiga doir muomalalar auditida quyidagilarni ham tekshiradi: * hisob registrlarini yuritish tartibi; * bankda ochilgan har bir hisob-kitob schyoti bo’yicha sintetik hisob registrining yuritilishi, yig’ma registr tuzilishi;