k. ); * Tovar-material qiymatliklarni mavsumiy jamg’arish, bajarilgan ishlar uchun buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan schyotlarni to’lash maqsadida olingan bank ssudalaridan o’z vaqtida va to’g’ri foydalanish va h. k., ssuda olish uchun taqdim qilingan hujjatlarning to’g’riligi; * bankdan olingan limitlangan va limitlanmagan chek daftarchalarining hisobda to’g’ri aks ettirilganligi va qonuniy foydalanilayotganligi (ularning qat’iy hisobda turadigan hujjatlar sifatida hisobga olinishi), ular hisobdor shaxslarga tilxat bo’yicha berilayotganligi; * hisobdor shaxslar tomonidan chek daftarchalarining ishlatilishi to’g’risida hisobot tuzilishi, hisobdor shaxslar hisobotlaridagi qoldiq va oborotlarning maxsus ssuda schyoti bo’yicha qoldiq va oborotlarga mos kelishi; * cheklarning nomerlari, sanalari va summalarning transport hujjatlarida ko’rsatilishi va x. k. ; * akkreditivlar orkali amalga oshiriladigan muomalalarning to’g’riligi va qonuniyligi, shu bilan birga bunday hisob-kitoblarni ham aniqlash zarur; Bulardan tashqari, korxonaning to’lovga layoqatsizligi yuzaga kelmayotganligi va bunday holda korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash borasida qanday choralar ko’rilganligi ham aniqlanadi. Bank muomalalarini tekshirish chog’ida auditor 5710-«Yo’ldagi pul jo’natmalari» schyotida aks ettirilgan summalarning xaqqoniyligini ham tekshirish lozim. Ko’pchilik hollarda buyurtmachilar bajarilgan ishlar uchun oldindan o’tkazilgan to’lovlar muddati o’tib ketganida debitor qarzlarni hisobotda kamaytirib ko’rsatish maqsadida summalarni 5710 schyotga olib boradilar.