Amaldagi tartibga ko’ra 5710 schyotda bank muassasasi kassasiga yoki pochtaga topshirilib, biroq korxonaning 5110 «Hisob-kitob schyoti» yoki maxsus schyotiga kelib tushmagan pullar (daromadlar) shuningdek, tekshirilayotgan korxonaga boshqa korxona yoki yuqori tashkilotdan o’tkazilgan, lekin tekshirilayotgan korxonaning hisob-kitob schyotiga hisobot oyida kelib tushmagan, ya’ni oy oxiriga yo’lda bo’lgan summalar aks ettirilishi lozim. Buxgalterlik hisobida 5710-schyotga doir muomalalarni aks ettirish uchun quyidagi hujjatlar asos bo’ladi; daromad topshirilganda bank muasasasi kassasi yoki pochta tomonidan berilgan, pul topshirilganligi haqidagi patta; pul muomalalarini o’tkazishda esa pulni qabul qilib olgan bank muassasasi yoki pochta bo’limining nomi, nomeri, sanasi va summa ko’rsatilgan korxona avizosi. 5110 -«Hisob-kitob schyoti» ga kelib tushgan pul mablag’larini tekshirishda, ularni kirim qilishning to’g’riligi va to’liqligi aniqlanadi. Chunonchi, kassa muomalalarini tekshirish jaraenida barcha bank ko’chirmalarida bankka topshirilgan naqd pul badallari alohida belgilab qo’yilishi lozim. Hisob-kitob va valyuta schyotlaridan pul mablag’larini hisobdan chiqarish bo’yicha bankdan olingan naqd pullarning o’z vaqtida to’liq qabul qilinishi hamda maqsadga muvofiq ishlatilishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Pul mablag’larini o’tkazish, mol etkazib beruvchilarga qarzlarning qoplanishi, ulardan foydalanishning haqqoniyligi va asosliligini ta’minlash maqsadida ushbu schyotlar tekshiriladi. Auditor aktseptlangan topshiriqlar bilan aloqa bo’limi orqali pul o’tkazilganda xatoga yo’l qo’yilmaganligini ham tekshirishi lozim. Bunda joriy va deponentlangan ish haqi, ijro varaqalari bo’yicha ushlangan summalar eki hisobdor summalar va h. k. tekshiriladi.