joylashtirilgan bo’lishi lozim; -
joylashtirilgan imtiyozli aktsiyalarning nominal qiymati aktsiyadorlik jamiyati ustav kapitalining 10% dan oshmasligi lozim; -
aktsiyadorlik jamiyati aktsiyalari uni ta’sis etish chog’ida ustavda ko’rsatilgan muddat davomida to’liq to’lanishi lozim. Ammo ustav kapitalining kamida 50% bir oy ichida, qolgan qismi esa jamiyat ro’yxatdan o’tgan paytdan boshlab bir yil ichida tulanishi lozim; -
to’lov shakllari (pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, pulda baholangan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar) aktsiyadorlik jamiyatining ustavi va ta’sis shartnomasiga mos kelishi lozim; -
ochiq va yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarining chiqarilgan aktsiyalari reestrda ro’yxatga olingan bo’lishi shart; -
aktsiyalarning analitik hisobi ta’sischilar, ustav kapitalining shakllanish bosqichlari va aktsiyalarning turlari bo’yicha batafsil ma’lumot olishni ta’minlashi lozim. Auditor tekshiruv jarayonida oddiy aktsiyalaardan iborat aktsiyadorlik kapitali (8310- schyot), imtiyozli aktsiyalar ko’rinishidagi aktsiyadorlik kapitali (8320-schyot), qaytarib sotib olingan oddiy xususiy aktsiyalar(8610-schyot) va qaytarib sotib olingan imtiyozli xususiy aktsiyalar(8620-schyot)ni alohida tekshiradi. №21 BHMS ga muvofiq aktsiyadorlik jamiyati davlat ro’yxatidan o’tgan paytdan boshlab oddiy va imtiyozli aktsiyalarning obuna summasi mos ravishda 8310 va 8320- schyotlar kreditida aks ettirilishi lozim (Dt 4610-schyot, Kt 8310, 8320-schyotlar). Obuna bo’lingan aktsiyalar qiymati ta’sischilar tomonidapn pul, qimmatli qog’ozlar, pulda baholangan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar bilan to’lanishi mumkin. Ustav kapitalining shakllanishini tekshirishda aktsiyalar qiymatini to’lash uchun