tortilmaydi. Shuningdek, korxonalarni tugatish yoki qayta tashkil etish chog’ida pay (ulush)
ko’rinishida natura yoki pul shaklida olingan mablag’lar ham, ularning ustav fondidan
hamda yuridik shaxslar pay (ulushi)dan oshib ketmagan miqdorda, QQS ga tortilmaydi.
Ustav kapitaliga ulushlar pul, qimmatli qog’ozlar, boshqa buyumlar yoki mulkiy
huquqlar hamda pulda baholanadigan boshqa huquqlar shaklida qo’shilishi mumkin. Shu
boisdan auditor ta’sischilar ulushlarini pulda baholashning to’g’riligini tekshirishi muhimdir.
Xo’jalik jamiyati ta’sischisining ulushini pulda baholash jamiyat ta’sischilar o’rtasidagi
kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. Qonunda ko’zda tutilgan ayrim hollarda esa mustaqil
ekspert tomonidan baholanishi kerak.
14.4. Xususiy kapitalni auditorlik tekshiruvidagi
audit amallari
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli qo’llaniladigan korxonalarda amaldagi
qoidalarga muvofiq 8310-8330 schyotlar bo’yicha №13- jurnal-order va analitik hisob
vedomostlari qo’llaniladi. Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan korxonalarda 8300-
Dostları ilə paylaş: