qilish to’g’risida»gi qonunning 47-50 moddalariga muvofiq aktsiyadorlar reestrini yuritish qoidalariga rioya qilinishini ham tekshiradi. Barcha bajarilgan tekshiruv amallari va aniqlangan nomuvofiqliklar auditorning ishchi hujjatlarida aks ettiriladi. Tekshiruv yakunida auditor ustav kapitalini hisobga olish va hisobotda aks ettirish bo’yicha aniqlangan tafovutlarning qanchalik jiddiyligi(katta-kichikligi)ni me’yoriy hujjatlar talablariga nisbatan aniqlaydi. Agar auditor aniqlangan tafovut ustav kapitaliga doir hisobot ko’rsatkichlariga unchalik ta’sir qilmaydi deb hisoblasa, u ushbu ko’rsatkichlarning ishonchliligi to’g’risida ijobiy auditorlik hulosasi tuzishi mumkin. Agar ahvol bunga teskari bo’lsa, ya’ni aniqlangan tafovutlar ustav kapitaliga doir hisobot ko’rsatkichlarini sezilarli darajada buzib ko’rsatilganligi aniqlansa, u holda auditor ushbu kamchiliklarni aks ettirib salbiy auditorlik hulosasi tuzadi. 14.5.Aktsiyadorlar ulushi va dividendlari auditi Ko’pchilik aktsiyadorlik jamiyatlari uchun ta’sischilar ulushi oddiy aktsiya, imtiyozli aktsiya, ulushlar va taqsimlanmagan foydadan iborat bo’ladi. Keyingi yillarda ko’plab murakkab moliyaviy instrumentlarning paydo bo’lishi majburiyatlar auditi bilan birga aktsiyadorlar aktsiyalari auditida ham ayrim muammoli tomonlarni keltirib chiqarmoqda. Quyidagi uchta asosiy jarayon aktsiyadorlar aktsiyalari auditida muhim hisoblanadi:
Qo’shimcha aktsiya chiqarish. Bu naqd pulga, xizmatga, konvertatsiyalanadigan majburiyatga qo’shimcha chiqarish bilan bog’liq kelishuv
Chiqarilgan qo’shimcha aktsiyalarni qaytarib sotib olish
Dividendlarni to’lash Aktsiyadorlar ulushlarini tekshirishda bitimlar soni kam bo’lganligi bois ularni to’liq