tekshirish maqsadga muvofiq. Noto’g’ri ma’lumotlarni to’g’ri deb qabul qilishning oldini olish maqsadida auditor nazorat riskini yuqori o’rnatgan bo’lsada, nazorat vositalarini yaxshi o’rganishi kerak. Aktsiyadorlar ulushlari yuzasidan o’rnatilgan nazorat operatsiyalari samaradorligini va tizimini o’rganishi zarur. Agar mijoz korxona aktsiyadorlik jamiyati ko’rinishida bo’lsa, moliyaviy hisobotlar yuzasidan ichki auditning ishlashiga ahamiyat berishi kerak. Ko’pincha yirik aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalar bilan bog’liq bitimlar, dividendlar hisob kitobini ro’yxatga oluvchi mustaqil shtat xodimiga yoki dividend agentiga ega bo’ladi. Ushbu xodim barcha chiqarilgan aktsiyalar korxona ustavida nazarda tutilganligi, dividendlar hisobi to’g’ri yuritilayotganligi yuzasidan mas’ul bo’lib, aktsiyadorlarga ushbu operatsiyalar yuzasidan hisobotlar ham berib turadi. Shuningdek, to’lanayotgan dividendlarning cheklarini ham hisobotlarga qo’shib aktsiyadorlarga taqdim etadi. Agar mijoz korxonada yuqorida ta’kidlangan shtat birliklar mavjud bo’lsa, auditor ushbu operatsiyalar yuzasidan olingan dalillarni ishonchli deb baholashi mumkin.
Bordiyu, korxonada aktsiyalar va dividendlar bilan bog’liq operatsiyalarni yurituvchi mustaqil shtat birligi bo’lmay, korxona xodimlaridan biri bu vazifalarni amalga oshirsa, auditor etarlicha dalil olishi uchun qo’shimcha audit amallarini bajarishi lozim bo’ladi. Quyidagilar aktsiyadorlar ulushi auditida tasdiqlanishi lozim bo’lgan axborotlar:
Ulushlar va dividendlar bo’yicha bitimlar korxona ustavida nazarda tutilganligi (kelib chiqishi);
Barcha ulushlar va dividendlar hisobda zarur darajada, talabga muvofiq yuritilganligi