Naqd pul Debitor qarzdorlik Pul chegirmalari Sotuvning qaytishi va bitim hisobi Sotuv qaytishi Sotuvga ko’maklashish Debitor qarzdorlik Audit natijalari-hisoblar va tegishli hisob raqamlarini baholash
Auditor rejalashtirilgan ishlarni bajarib bo’lganida, debitor qarzdorlikning buzib ko’rsatish yig’indisi o’z ichiga statistik yoki nostatistik namuna olish usullari ishlatilgan
bo’lsa buzilishning ma’lum bir miqdorini ko’rsata oladi. Umumiy buzilishlar kelib chiqishi mumkin bo’lgan noaniqliklar bilan solishtiriladi. Agar umumiy buzilishlar kelib chiqishi mumkin bo’lgan noaniqlardan kam bo’lsa, auditor adolatli qabul qilingan qaror deb inobatga olishi kerak. Agar umumiy buzilishlar kelib chiqishi mumkin bo’lgan noaniqlardan ko’p bo’lsa, hisob etarli darajada taqdim etilmagan degan xulosaga kelishi kerak. Shuningdek, auditor buzilishlar mohiyatini tahlil qilishi kerak. Ba’zi holatlarda bu buzilishlar boshqaruv xavfining qo’shimcha ma’lumotlarini berishi mumkin. Buzilishlarni paydo bo’lish sabablarini aniqlash jarayonida auditor birlamchi nazoratni baholash xavfi past ekanligini aniqlaydi. Masalan, auditor kredit nazorat samaradorligini ta’minlash yo’li orqali o’z bahosini tushirishi mumkin. 15.2.Foyda va zararlarni hisobga oluvchi schetlar auditi hamda riskni baholash Foyda va zararlarni hisobga oluvchi schetlarni tekshirishda auditor ko’rsatilgan foyda va xarajatlar noto’g’ri axborot bermayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun muhim ob’ekt bo’lib hisoblanadi. Masalan kreditorlar yoki bo’lajak kreditorlar korxonaning foydalilik