Xaridorga sotuvchining narxi belgilangan yoki aniqlangan
Tahlil oqilona taqdim etilgan Daromadni tan olish auditorlar uchun audit xavfni tug’dirib kelmoqda va moliyaviy xisobotlar yaxlitligi jarayoniga ta’lluqli savollar tug’ilishi olib keldi. Aslida, firibgarlik sharoitlarida audit standarti firibgarlik ta’sirlar tufayli daromadni tan olish xato ekanligini faraz qilishi kerak deb ta’kidlaydi. (AU 316.41). O’g’irliklarni tekshirish bo’yicha dimlomga ega mutaxassislar Assotsiyasi ma’lumotlariga ko’ra, moliyaviy hisobotlarda firibgarlik sodir etishning sakkiz xil umumiy usullari mavjud. 1. Erta daromadni tan olish; 2. O’tgan hisobot davrida kitobni ochiq tutish;
3. Soxta savdo; 4. Qayd qilingan yozuvlarni qaytarishni ilojsizligi; 5. Foiz bajarilishi uslubidagi firibgarlik; 6. Tomonlar bilan bog’lik operatsiyalar; 7. Debitor qarzdorlik va zahiralarning oshirib ko’rsatilishi; va 8. Mas’uliyat va xarajatlarning kamchiligi. Auditor daromadning tan olinishi bilan bog’lik firibgarlik xavfi kuzatilganida ho’shyor bo’lishi kerak: • Tomonlar kelishuvi mijozlarni mahsulotni qabul qilishi yoki xizmat turini qabul qilishini rag’batlantirish maqsadida kelishuv va sotuv shartlari tartibini o’zgartirishadi. • Savdo yuklash sifati marketing amaliyotida etkazib beruvchilar sotuv hajmini oshirish uchun ba’zan distribyutorlarni rag’batlantirish orqali ular tez sotib bo’lishi mumkin bo’lgan hajmdan ham ziyodroq zahirani sotib olishlariga ko’ndiradilar. Ko’pchilik tashkilotlar uchun daromadni tan olish jarayoni qisqa muddatda sodir bo’ladi (kun, hafta yoki oylar), lekin ba’zi bir sohalarda, masalan qurilish, mudofaa