Ta’sislarning ustav kapitaliga qo’shadigan ulushlari bo’yicha qarzlari – aktivdagi II-
«Aylanma aktivlar» bo’limining «Ta’sischilar bilan hisoblashishilar» moddasi (4610-schyot)
(280-satr);
Passivdagi I»O’z mablag’lari manbalari» bo’limida ustav kapitali (320 satr), qo’shilgan
kapitali (330 satr), zahira kapitali (340 satr), taqsimlanmagan foyda (350 satr);
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot (5-shakl) da
Xususiy kapitalning tarkibi bo’yicha : yil boshiga qoldig’i (010 satr 3, 4, 5, 6, 7, 8, -
ustunlar), yil davomidagi o’zgarishi (020-070 satrlar) va yil oxiriga qoldig’i (080-satr).
14.3. Dastlabki hujjatlarni tekshirish
Ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga qo’shilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga
dalolatnomalar, nakladnoylar, bank ko’chirmalari, to’lov-topshiriqnomalari nusxalari, kassa
kirim orderlarining kvitantsiyalari va boshqa dastlabki hujjatlar misol bo’la oladi. Ustav
kapitaliga ulush sifatida qo’shiladigan mulklarga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi
hujjatlarga ko’chmas mulk, er uchastkalari, transport vositalari, intellektual mulk va shunga
o’xshashlarga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi guvohnomalar kiradi.
Tashkiliy hujjatlar:
-
davlat ro’yxatiga olinganligi to’g’risida guvohnoma;
-
buyruqlar va farmoyishlar;
-
Dostları ilə paylaş: