Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


hujjatlar, analitik va sintetik hisob registrlari



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə506/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   502   503   504   505   506   507   508   509   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

hujjatlar, analitik va sintetik hisob registrlari
Me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik masalasini tekshirish uchun ustav kapitalini 
shakllantirish va hisobga olish qoidalarini o’zida mujassamlashtirgan me’yoriy hujjatlar 
to’plami zarur. Bunday to’plam tekshirilayotgan korxonaning o’ziga xos jihatlarini hisobga 
olgan holda shakllantiriladi.
14.2. Ta’sis hujjatlarini tekshirish
Auditor ta’sis hujjatlarini tekshirishda quyidagilarni aniqlaydi: 
-
ta’sis hujjatlarida qanday faoliyat turlari ko’zda tutilgan; 
-
haqiqatda amalga oshirayotgan faoliyat turlarining ta’sis hujjatlariga muvofiqligi; 
-
O’zbekiston Respublikasining «Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to’g’risida»gi 
qonuniga muvofiq litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari va litsenziyalarning 
mavjudligi.
Litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari bo’yicha litsenziyalar mavjudligi va 
ularning amal qilish muddatlari tekshiriladi. Chunki, korxona bunday faoliyat turlari bilan 
shug’ullanish huquqiga litsenziya olingan yoki unda ko’rsatilgan vaqtdan boshlab ega bo’ladi 
va ushbu huquq litsenziya amal qilish muddati o’tishi bilan to’xtatiladi. Tegishli 
litsenziyalarga ega bo’lmasdan amalga oshirilgan faoliyat turlari noqonuniy hisoblanadi. 
Agar korxona bitta ta’sischi tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, bunda u mazkur ta’sischi 
tomonidan tasdiqlangan, tegishli hoqimiyat organidan ro’yxatdan o’tgan va notarial idora 
tomonidan tasdiqlangan ustav asosida faoliyat ko’rsatadi. Ta’sis hujjatlari bilan tanishish 
auditorga 
mulk 
egasi 
kim 
ekanligini 
va 
kimning 
manfaati 
uchun 
tekshiruv 
o’tkazilayotganligini aniqlashga imkon beradi.

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   502   503   504   505   506   507   508   509   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin