14-MAVZU. KORXONA XUSUSIY KAPITALI AUDITI REJA
14.1. Ustav kapitalini tekshirishning maqsad va vazifalari
14.2. Ta’sis hujjatlarini tekshirish
14.3. Dastlabki hujjatlarni tekshirish
14.4. Xususiy kapitalni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari
14.5.Aktsiyadorlar ulushi va dividendlari auditi 14.1.Ustav kapitalini tekshirishning maqsad va vazifalari Korxona ustav kapitali uning ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq qoidaga ko’ra,
ta’sischilarning hissalari hisobiga barpo etiladi. U korxonaning xo’jalik faoliyatidan olinadigan
foydasi hisobiga, zarur bo’lganda ta’sischilarning maqsadli badallari hisobiga ham to’ldirilishi
mumkin.
Korxona ustav kapitaliga hissa sifatida binolar, inshootlar, qurilmalar va boshqa moddiy qiymatliklar: er, suv va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari, shuningdek, boshqa mulkiy huquqlar (shu jumladan, kashfiyotlardan foydalanish uchun, «NOU XAU» va boshqa nomoddiy aktivlar); qo’shma korxona ishtirokchi davlatlarining valyutalaridagi erkin ayirboshlanadigan valyutalarda pul mablag’lari qo’shilishlari mumkin. Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan maqsad, ustav kapitalining holati aks ettiriladigan moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligi, hamda uni hisobga olish uslubiyotining me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to’g’risida fikr shakllantirishdan iborat. Tekshiruvni korxona yuridik maqomini va ustavida belgilangan faoliyat turlarini, ta’sischilar va ular ulushlarining tarkibi hamda summasini, ustav kapitalining moliyaviy- xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun etarliligini aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq. Ta’sis hujjatlari, ustav kapitalini shakllantirishga doir dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va hisobot ma’lumotlarini tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: -