xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar bo’yicha muomalalarning ishonchliligini tekshiradi. Bu schyot bo’yicha oborotlarni tekshirishning muhimligi korxona faoliyatini baholaydigan asosiy ko’rsatkich - tovarlar, mahsulotlar, ish va xizmatlarni sotishdan olinadigan daromad ko’rsatkichi bo’yicha axborotlarni shakllantirishi bilan izohlanadi. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalarni tekshirishda 4010, 4020 va 6310 schyotlar bo’yicha hisob registrlari ma’lumotlarining Bosh daftar hamda o’zaro aloqador hisob registrlari ma’lumotlari bilan tengligi aniqlanadi. Bunda asosan 4010- schyot debeti bo’yicha yozuvlar 9010, 9020, 9030, 9210, 9220-schyotlarning krediti bo’yicha yozuvlar bilan solishtiriladi. Agar qonun yoki oldi-sotti shartnomasida tovarga mulkchilik huquqining maxsus tartibi ko’zda tutilmagan bo’lsa, uholda umumiy qoida bo’yicha mulkiy huquq mol etkazib beruvchidan xaridorga tovarni jo’natish vaqtida o’tadi va debet 4010- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va kredit 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar»schyoti yozuvi bilan aks ettiriladi. Bunday yozuv soliqqa tortish maqsadi uchun qanday hisob tartibi - «to’lov bo’yicha» yoki «jo’natish bo’yicha» qabul qilinganidan qat’iy nazar amalga oshiriladi. Dastlabki hujjat va 4010- schyotning hisob registri bo’yicha mahsulot jo’natilgan sanani taqqoslash orqali muomalalarning o’z vaqtida aks ettirilishi nazorat qilinadi. Agar shartnomada tovarlarga mulkiy huquq o’tishining maxsus tartibi ko’zda tutilgan bo’lsa, u holda jo’natilgan qiymatliklarga mulkiy huquq ularni jo’natish vaqtida emas, balki pul to’lanish vaqtida o’tishi mumkin. Bu holda jo’natilgan va sotilgan tovarlar uchun xaridorlarning qarzlari ham shunday yozuv bilan, ammo pul to’lanish vaqtiga aks ettirilishi