to’lov muddatlariga rioya qilayotganligini aniqlashi va tekshirishi lozim. Sotilgan mahsulot tannarxi to’g’ri anshuganganligini auditor tegishli ko’rsatkichlarni qaytadan sanab chiqish, shuningdek, mahsulotning alohida turlari bo’yicha tovar balansini natural va qiymat ifodalarini solishtirish yo’li bilan aniqlaydi. Bunda tovar balansi ko’rsatkichlari boshqa hujjatlardagi shunga o’xshash ko’rsatkichlar bilan solishtiriladi: -
hisobot davrining boshiga va oxiriga tayyor mahsulotning qoldig’i hisobot davrida ishlab chiqarilgani va jo’natilgani (sotilgani) buxgalteriyadagm tayyor mahsulot harakati hisobi bo’yicha tahliliy hisob ma’lumotlari va ishlab chiqarish-nozimlik xizmatidagi tezkor ma’lumotlar bilan tasdiqlanadi; -
hisobot davrining boshiga va ohiriga tayyor mahsulotning haqiqiy tannarxi yoki hisob narxlari (rejali, me’yoriy) tannarxi bo’yicha qoldiqlari va boshqalar "Tayyor mahsulotning hisobi bo’yicha hisobvaraqlar" hisobvarag’ining hisobot davrining boshlanishi va oxiriga qoldiq bilan tasdiqlanadi. Ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotni haqiqiy tannarx bo’yicha chiqarilishi ishlab chiqarish bo’yicha xarajatlarning umumlashtirilgan hisobi ma’lumotlari bilan tasdiqlanadi; -
haqiqiy tannarx bo’yicha yuklab jo’natish hisobnarxlari bo’yicha jo’natish va farqlarning algebraik summasi sifatida aniqlanadi. Farqlar summasi farqlarning o’rtacha foiz darajasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Farqlarning o’rtacha foizi, o’z navbatida, amaldagi tannarx bilan hisob narx o’rtasidagi farq hisob narxi bo’yicha davr boshiga tayyor mahsulot va uning hisobot davrida ishlab chiqarilgan summasi nisbati bilan aniqlanadi. Tekshiruv yakunida auditor QQS va sotishdan olingan moliyaviy natijalar to’g’ri