to’liq kirim qilinganligini, sotishdan olingan tushum va sotilgan mahsulotning tannarxi to’g’ri hisoblanganligini aniqlashdan iborat. Tekshiruv jarayonida auditor quyidagi masalalarni hal etadi: - tayyor mahsulotni baholash bo’yicha usul asosli tanlab olinganligi va to’g’ri qo’llanilayotganini tasdiqlash; -
tayyor mahsulot to’liq kirim qilinayotganligini aniqlash; -
jo’natilgan va sotilgan mahsulotlar hajmlarini tasdiqlash; -
jo’natilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxini tasdiqlash.Tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bo’yicha hisob yuritilishi holatini tekshirish bo’yicha ma’lumot manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadm: tayyor mahsulotni omborda hisobga olish bo’yicha varaqalar, preyskurantlar, maheulotni etkazib berish to’g’risida shartnomalar, hisobvaraq-fakturalar, sotish bo’yicha daftarlar, tayyor mahsulotni berish to’g’risida yuk xatlari, xaridorlar ishonchnomalari, tushum kelib tushganligi to’g’risida dastlabki bank va kassa hujjatlari (to’lov talabnomalar, talabnoma-topshiriqnomalar, kirim kassa orderlari va boshqalar), 2010, 2810, 2910, 9010, 9110, 5010, 5110, 4010, 6310-sonli va boshqa hisobvaraqlar bo’yicha hisob registrlari (ro’yxatnomalar, jurnal-orderlar, mashinogrammalar), Bosh kitob, "Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot" (2-sonli shakl) va boshqalar. Daromadlar olish tsikliga taalluqli bo’lgan operatsiyalar quyidagi faoliyat ko’rsatish vaqtida amalga oshiriladi: -
buyurtmalarni qabul qilish; -
kreditlarni berish; -
mahsulotlar va xizmatlarni etkazib berish; -
xaridorlarga hisobvaraqlarni yozib berish; -